So’nggi yangiliklar

15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  8 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  7 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  20 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  0 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  10 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  3 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   51 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  25 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  15 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  9 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1

"Navbahor" tarkibi imkon darajasida kuchaytirildi Yangiliklar

"Navbahor" tarkibi imkon darajasida kuchaytirildi

"Navbahor"ning davralar orilig'ida olib borgan transfer siyosati natijasida tarkib kuchaytirildi, buni tan olish kerak.
Jamoa o'z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 5 nafar futbolchini qo'shib oldi. Etiborlisi, har bir chiziqqa yangi o'yinchilar taklif etildi.

Umuman olganda, "Navbahor"ni tark etganlar o'rni qoplandi. SHukurali Po'latov va Timur Yafarovlarning o'rniga Bobur Akbarov hamda Alisher Samatov, "So'g'diyona"ga qaytgan Sobir Hamidovning o'rni Dilshod Jabborov bilan to'ldirildi. Durbek Umaraliev, Sohib Abdullaev, Timur Yafarovlarning klubni tark etishi natijasida jamoa kuchsizlanib qolgani yo'q, to'g'risi. Faqatgina Po'latov va Hamidovlarning jamoani tark etishi biroz achinarli bo'ldi. Lekin yuqorida aytilganidek, ularning o'rni munosib futbolchilar bilan to'ldirildi.

Bundan tashqari, "Navbahor" tarkibi yaxshi bir hujumchiga boyidi. Ukrainalik Ruslan Kachur o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarida o'zini ko'rsatgan holda, "Navbahor" safida to'p tepishga haqli ekanligini isbotlashga harakat qilib, 5 uchrashuvda to'rtta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ammo hali Kachurni kuchli hujumchi deyishga biroz erta. Rasmiy o'yinlarda uning qanday o'ynashi nomalum. Esimizda, bir necha yil avval qozog'istonlik Konstantin Kanin jamoa yig'inlaridagi o'rtoqlik uchrashuvlarida rosa gollar kiritgandi. Oliy liga bellashuvlarida esa oldingi shijoati ko'zga tashlanmagandi. SHunga qaramay, Kachurning tarkibga qo'shilishi ayni muddao bo'ldi. Endilikda Ashurmatov teng kuchli ikki hujumchiga ega.

Birinchi davradagi o'yinlarda muxlislarni chuqur o'yga toldirgan darvozabonlarimiz endi o'z ustilarida yana ham ko'proq ishlashlariga to'g'ri keladi. Petr Denchevning safga qo'shilishi asosiy darvozabon uchun bo'ladigan kurashni yanada qizitdi. Albatta, raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Avvalgi o'yinlarda Xurshid Xo'jaevning jarohati sabab darvozani Doniyor Usmonovning o'zi qo'riqlagan, xatolar qilgan bo'lsa ham uning o'rniga boshqa posbon yo'qligi uchun Usmonov yana jamoa darvozasini qo'riqlashda davom etgandi. Endi esa unday bo'lmaydi.

Dilshod Jabborovning "Navbahor"ga qaytishi barchani hushnud etdi. Markazdagi kamchiliklarni Jabborov "yopish"ga harakat qiladi. Bu transfer natijasida markaziy yarim himoya chizig'ida ham yaxshigina raqobat yuzaga keladigan bo'ldi.

Umuman olganda, amalga oshirilgan transferlar jamoamizning kuchayishiga xizmat qilishi aniq. Mana endi biroz bo'lsa-da asosiy tarkib uchun raqobat kuchayadigan bo'ldi. Biz muxlislar klub olib borgan transfer siyosatidan mamnunmiz. Endi futbolchilar bildirilgan ishonchni oqlashsa bas. Bizdan esa "Navbahor"ni har qachongidan ham chiroyli tarzda qo'llab-quvvatlash talab etiladi.

DAVRALAR ORALIG'IDA

Kelganlar
: Dilshod Jabborov ("Lokomotiv"), Alisher Samatov ("Dinamo"), Bobur Akbarov ("Bunyodkor"), Ruslan Kachur ("Gelios", Ukraina), Petr Denchev ("Spartak", Bolgariya).

Ketganlar: Sobir Hamidov ("So'g'diyona"), Sohib Abdullaev ("Andijon"), SHukurali Po'latov ("Bunyodkor"), Timur Yafarov, Durbek Umaraliev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика