So’nggi yangiliklar

23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  0 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  0 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  3 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  17 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  5 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  117 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   2 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  13 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2

"Navbahor": Tarbiyalanuvchilarimiz sovrindor bo'lishdi Yangiliklar

"Navbahor": Tarbiyalanuvchilarimiz sovrindor bo'lishdi

Teglar :  Navbahor
Samarqand shahrida mamlakatimizning mustaqillik bayramiga bag'ishlab o'tkazilgan “Mustaqillik kubogi” ochiq turniri bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada 2000-2001 va 2004-2005 yillardda tug'ilgan yosh futbolchilardan tashkil topgan jamoalar bosh sovrin uchun bahs olib borishdi. Katta yosh toifasidagi uchrashuvlarda Samarqand, Farg'ona, Olmaliq, Namangan, Toshkent shahri, Qarshi, Jizzax viloyatlari jamoalari ishtirok etishdi. Kichik yoshlilar o'rtasida esa g'oliblik uchun Samarqand, Namangan, Toshkent shahri, Jizzax, Olmaliq viloyati jamoalaridan tashqari Tojikiston hamda Qozog'iston mamlakatidan kelgan jamoalar maydonga tushishdi.
Ko'hna shaharda bo'lib o'tgan musobaqada, “Navbahor” futbol klubiga qarashli “Navbahor-Umid” futbol maktabi uchta jamoa bilan ishtirok etdi. Murabbiylar Rahim G'ofurov, Azam Rajabbaev, Muhammad Nuriddinov va Rifat Odilovlar boshchiligidagi uchta jamoamiz musobaqada sovrindor bo'lishdi. 2004-2005 yillarda tug'ilgan bolalardan tashkil topgan birinchi jamoa vakillari finalda tojikistonlik tengqurlari bilan kuch sinashib, 4:1 hisobida g'alaba qozonib bosh sovringa ega chiqishdi. Ushbu yosh toifasida turnirda qatnashgan ikkinchi jamoamiz esa faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
2000-2001 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida kechgan uchrashuvlarda ham tarbiyalanuvchilarimiz finalga qadar etib kelishdi. Hal qiluvchi o'yinda Samarqand viloyati jamoasi bilan bahs olib borgan futbolchilarimiz yakunda mezbonlarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. SHu sababli, bu yoshdagi tarbiyalanuvchilarimiz musobaqaning kumush medallariga sazovor bo'lishdi. Turnir yakunida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan futbolchilarga musobaqa medallari va diplomlari tantanali tarzda topshirildi. SHuningdek, turli nominaciyalarda g'olib deb topilgan futbolchilarga ham maxsus sovg'alar taqdim etildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика