So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  0 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  8 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

"Navbahor" - "Surxon" uchrashuvi muxlislar uchun bepul bo'ladi Yangiliklar

"Navbahor" - "Surxon" uchrashuvi muxlislar uchun bepul bo'ladi

"Navbahor" matbuot xizmatining malum qilishicha, "Surxon"ga qarshi kechadigan O'zbekiston Kubogi chorak final o'yiniga kirish bepul.

"Yurtimizda Vatanimiz mustaqilligining 32 yillik tantanalari keng nishonlanayotgan shu kunlarda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqovning tashabbusi bilan “Navbahor” jamoasining ko'p ming sonli muxlislarining fidoyiliklariga hurmat tariqasida, qolaversa, Vatanimiz istiqlolining 32 yilligiga  sovg'a sifatida 3 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Coca Cola kubogining chorak finalidan o'rin olgan “Navbahor” – “Surxon”  uchrashuviga kirish BEPUL qilib belgilandi.

Bu ham, albatta, futbol muxlislari auditoriyasini kengaytirish, stadionga tomoshabinlarni jalb qilish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarning uzviy davomidir.

SHu munosabat bilan, muxlislarga 3 sentyabr kungi uchrashuvda Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o'yingohiga bepul tashrif buyurib, stadiondagi CIP sektordan tashqari, boshqa barcha sektorlarga joylashishlari mumkinligini malum qilamiz. 

Stadionga tashrif buyuruvchilardan jamoat tartibi va muxlislik madaniyatiga qatiy rioya qilishlari, xususan, huquq-tartibot organlari xodimlari, atrofdagi boshqa tomoshabinlar va futbol uchrashuvi rasmiylariga nisbatan hurmat saqlashlari lozimligini eslatib o'tamiz. 

Ushbu futbol bayramiga bevosita guvoh bo'lishni istagan barcha millionlar o'yini ixlosmandlarini “Markaziy” stadioniga chorlaymiz! 

Zero, fidoyiligi va jonkuyarligi bo'yicha mamlakatimizda alohida o'ringa ega bo'lgan “Navbahor” muxlislari sevimli jamoamizni odatdagidek, yuqori saviyada qo'llab-quvvatlab, bayramona muhit hosil qilishlariga aslo shubha yo'q" - deyiladi "Navbahor" matbuot xizmati bayonotida.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика