"Navbahor" sobiq azosi O'zbekiston chempionatiga qaytmoqda
06 jan 2024 18:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/775428_original.jpg)
![](/upload/storage/775428_220.jpg)
"Navbahor" sobiq azosi O'zbekiston chempionatiga qaytmoqda
Tojikistonlik yarim himoyachi Amirbek Jo'raboev faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradi.
Malumotlarga qaraganda, 2019-2020 yillarda "Navbahor" sharafini himoya qilgan yarim himoyachi "Qizilqum"ga o'tadi.
Uning oxirgi jamoasi Malayziyaning "Kedax" klubi edi. U o'tgan mavsum ushbu jamoa tarkibida 26 ta o'yinda maydonga tushgan va 6 ta gol urgan.
27 yoshli futbolchi ayni paytda Tojikiston terma jamoasi bilan Osiyo Kubogiga tayyorlanmoqda. Terma jamoa "A" guruhida Qatar, Xitoy va Livan bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar