So’nggi yangiliklar

16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  0 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  1 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17

"Navbahor": Rahbariyatda o'zgarish ro'y berdi Yangiliklar

"Navbahor": Rahbariyatda o'zgarish ro'y berdi

Teglar :  Navbahor
Bugun Namangan viloyat futbol federaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda tashkiliy masalasi sifatida “Navbahor” futbol klubining joriy yilgi chempionatdagi ishtiroki ko'rib chiqildi. Yig'ilishda Namangan viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bahrom Muhiddinovich Xolmirzaev, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti Bahodir Mamatovich Bekxodjaev va “Navbahor” futbol klubi direktori G'anisher Abdugapparovich Ismailovlar ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida shu paytga qadar “Navbahor” futbol klubi vice-prezidenti sifatida ish yuritib kelgan Olimjon Abdullaevich Qosimovni o'z arizasiga ko'ra egallab turgan vazifasidan ozod etilganligi elon qilindi. Kelgusida “Navbahor” futbol klubi vice-prezidenti lavozimida Davron Ravshanbekovich Karimovni faoliyat yuritishi oydinlashdi. Karimov shu paytga qadar birinchi ligada qatnashib kelayotgan “Norin” klubi rahbarlik qilib kelayotgandi. Bir necha yillik tanaffusdan keyin yana birinchi ligaga qaytgan “Norin” jamoasi birinchilikda ancha ishonchli tarzda ishtirok etayotganligini ham qo'shimcha qilish joiz. Jamoa azolari va murabbiylar shtabi bugun Navoiyda hali Namanganga qaytishga ulgurishmagandi. SHu sababli, ertaga Karimov jamoa azolari va murabbiylarga klub vice-prezidenti sifatida tanishtiriladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика