So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  0 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

"Navbahor" - "Qizilqum": 8 yillik anana buzildi! Yangiliklar

"Navbahor" - "Qizilqum": 8 yillik anana buzildi!

"Qizilqum" Superliganing 20-turida "Navbahor" mehmoni bo'lib, nursiz durangga imzo chekdi (0:0).

Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalarning 1-davradagi to'qnashuvida ham kuchlar teng kelgan edi (1:1, 7-tur). Navoiydagi o'yinda Mate Vatsadze hisobni ochganidan keyin "lochinlar"ga 1 ochko keltiruvchi gol tojikistonlik Ehsoni Panshanbe nomiga yozilgan.

Etiborni tortadigan jihat shuki, bu jamoalar mavsumning har 2 o'yinida ham jangovar durangga rozi bo'lishdi. Bunaqasi so'nggi bor 2012 yilgi mavsumda sodir bo'lgan edi. 

SHundan keyin O'zbekiston  chempionatining qatorasiga 8 mavsumida Namangan va Navoiy klublari o'rtasida durang qayd etilmadi.

14.04.2013 "Qizilqum" 0:1 "Navbahor"

18.10.2013 "Navbahor" 0:1 "Qizilqum"

01.06.2014 "Qizilqum" 3:1 "Navbahor"

17.10.2014 "Navbahor" 2:0 "Qizilqum"

18.06.2015 "Qizilqum" 3:2 "Navbahor"

30.10.2015 "Navbahor" 2:1 "Qizilqum"

16.06.2016 "Qizilqum" 1:0 "Navbahor"

29.10.2016 "Navbahor" 0:2 "Qizilqum"

10.03.2017 "Navbahor" 3:2 "Qizilqum"

12.08.2017 "Qizilqum" 2:1 "Navbahor"

12.05.2018 "Navbahor" 3:0 "Qizilqum"

18.08.2018 "Qizilqum" 2:0 "Navbahor"

28.06.2019 "Qizilqum" 1:2 "Navbahor"

26.07.2019 "Navbahor" 0:1 "Qizilqum"

13.07.2020 "Navbahor" 1:0 "Qizilqum"

02.11.2020 "Qizilqum" 0:2 "Navbahor"

Guvohi bo'lganingizdek, 2013-20 yillarda "Navbahor" va "Qizilqum" o'rtasida o'tkazilgan 16 o'yinning teng yarmida "lochinlar", qolgan yarmida "konchilar" zafar quchishgan. Qiziqarli jihati, 6 mavsum davomida (2013, 2014, 2015, 2017, 2018, 2019) birinchi davradagi o'yinni yutgan jamoa 2-davrada imkoniyatni boy berib qo'ygan. Kishini g'oyat hayron qoldiradigan tomoni esa shunday mavsumlarning 5 tasida jamoalar orasidagi 2 o'yinda qayd etilgan umumiy to'plar nisbati teng kelavergan. Yani, 1-davrada X to'p farqi bilan yutqazgan klub, 2-davrada xuddi shu nisbatda g'alaba qozonib, qasos olgan. Qoyil!

2012 va 2021 yillardagi bahslarning har ikkisida durang qayd etilganini inobatga olsak, oxirgi 10 yilda o'zaro o'tkazilgan 20 o'yinda Namangan va Navoiy klublari bir xil ochko ishlab topishgan — 28 tadan.

FAKT: "Navbahor" O'zbekiston chempionatlari tarixida "Qizilqum" bilan 2012 yildan beri ilk bor nursiz durang qayd etdi. Umuman olganda, mazkur klublar o'rtasidagi faqat 3 o'yin golsiz nihoyasiga etgan (2011, 2012 va 2021 yillarda).

Hindlarga "master-klass" o'tib bergan "vunderkind" haqida

Muallif :
Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика