So’nggi yangiliklar

18:14Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11

"Navbahor" Qirg'iziston klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

"Navbahor" Qirg'iziston klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

Qo'shni Qirg'iziston Respublikasi va mamlakatimiz o'rtasida ko'plab sohalar, shu jumladan, sport sohasida ham o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yilgan.

Buning samarasi o'laroq,  9 sentyabr kuni Namanganning “Navbahor” klubi o'z maydonida Qirg'izistonning “Neftchi” (Qo'chqor-Ota) jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Takidlash joizki, mazkur o'yinda  “lochinlar” safida asosiy tarkibning 4-5 nafar futbolchilari maydonga tushishdi, xolos. Qolganlari yoshlar jamoamizning vakillari edi. SHu sababli, jamoamizni ushbu bahsda maydonga SHuhrat Qoraboev boshchiligidagi murabbiylar shtabi olib tushdi.

Takidlash joizki,  qo'chqor-otaliklar mezbonlarga munosib qarshilik ko'rsatishga intilishdi. “Lochinlar” esa yuzaga kelgan ko'plab xavfli vaziyatlardan samarali tarzda foydalana olishmadi. Natijada uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi.

Tanaffusdan keyin ham tashabbusni o'z qo'llariga olishga intilgan maydon egalari nihoyat, 67-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Oston O'runov 25 metrlar chamasi uzoqlikdan belgilangan jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, “Neftchi” darvozasini aniq nishonga oldi – 1:0.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtning so'nggi daqiqasida esa zaxiradan maydonga tushirilgan Yunusbek Abduvohidov Davron Jo'raqulovni dog'da qoldirib, hisobdagi farqni oshirdi – 2:0.

SHu tariqa jamoamiz ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida ham zafar quchdi. Eslatib o'tamiz, “Navbahor” 7 sentyabr kungi nazorat bahsida Pro-liga vakili Yozyovonning “Yozyovon-Lochinlari” jamoasini yirik – 7:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.    

Navbahor Neftchi Qirg'iziston 12 Umid qilamizki, mazkur o'rtoqlik uchrashuvlari “lochinlar”ga 23-tur doirasidagi “Paxtakor”ga qarshi kechadigan o'yin oldidan munosib tayyorgarlik vazifasini o'tadi va bo'lajak bahsda ham futbolchilarimiz zafar quchib, o'z muxlislarini xursand etishadi.




“Navbahor” (Namangan) – “Neftchi” (Qo'chqor-Ota, Qirg'iziston) – 2:0 (0:0)

Namangan. “Markaziy” o'yingoh. 2260 tomoshabin.

Hakamlar: 
Ibrohim Ismoilov (Namangan), Bobur Ibragimov (Namangan), Isroil Imomnazarov (To'raqo'rg'on), Muzaffar Mamatxanov (CHortoq).

Nazoratchi: Azam Rajabbaev (Namangan).

Gollar: O.O'runov (67), YU.Abduvohidov (90+5).

“Navbahor”: 45.Akbar To'raev, 6.Oston O'runov, 7.Ahmad Mamadaliev, 15.Azamat Allaniyozov, 19.SHahzodbek Hamidov, 21.Bilolxon Toshmirzaev, 24.Javohir Olimjonov, 32.Hojiakbar Yunusov, 33.Tomislav Payovich, 77.Muzaffar Abdullaev, 99.Sarvar Soliev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 8.Oybek Mirzohidov, 9.Abdurashid Valixonov, 10.Akmaljon Turg'unboev, 17.Sardor Sulaymonov, 22. SHohruhmirzo Ahmadaliev, 30.Otabek Solihov, 44.Yunusbek Abduvohidov.

“Neftchi”: 1.Davron Jo'raqulov, 2.Esen Usanqulov, 4.Manas Juganov, 5.Maqsudjon Hayitov, 9.Otabek Haydarov, 11.E. Moldajinilov, 12.Umid Imanov, 19.Atay Jumanov, 21. Ahmaz Malikov, 22.O.Ignaterenko, 23.Manas Karipov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 16. Apaz Ulut, 6. Asqarbek Uulus, 8. B.Buvanaev, 18.A.Abdakimov, 20.SH.Asqarov, 24.Timur Majidov.

Ogohlantirish: B.Buvanaev (90+5).

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика