So’nggi yangiliklar

23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  0 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0

"Navbahor" qarzdorliklarni haligacha to'liq bartaraf etmagan. O'zPFL bundan xavotirda Yangiliklar

"Navbahor" qarzdorliklarni haligacha to'liq bartaraf etmagan. O'zPFL bundan xavotirda

"Navbahor" futbol klubi imzolangan shartnomaviy munosabatlar bo'yicha o'z majburiyatlarini lozim darajada bajara olmayotgani Associaciya hamda Liga xavotiriga sabab bo'lmoqda.

Xususan, to'liq bo'lmagan axborot klub muxlislarining noto'g'ri xulosalar va talqinlariga olib kelayotgani sir emas. SHundan kelib chiqib, Liga mazkur masalaga oydinlik kiritishni lozim deb topdi. Zero, klub moliyaviy majburiyatlarni bajarishda oldinga siljish o'rniga, yildan yilga yanada murakkab vaziyatga tushib bormoqda.

O'tgan yilning 18 dekabr sanasida O'FA tegishli qo'mitasi "Navbahor" klubiga qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'ygandi. SHunga qaramay, klub qator futbolchilar bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda. Biroq mazkur shartnomalarni Liga ro'yxatidan o'tkazish imkoniyati mavjud emas. Liga ro'yxatidan o'tayotgan futbolchilar elektron platforma orqali FIFA bilan to'g'ridan-to'g'ri integraciyalashayotganidan kelib chiqib, mazkur masala jiddiy ahamiyat kasb etishini tushunish mumkin.

O'FA qo'mitasi shu yilning 17 yanvar kungi yig'ilishda "Navbahor" klubiga qo'yilgan taqiq davom etishini, qo'shimchasiga futbol klubi jarimaga tortilganini malum qildi. Boisi, klubning shartnomaviy majburiyatlar masalasida muammolari etarlicha. Jumladan, "Navbahor farm" jamoasi hamda futzal jamoasi sportchilari bilan hisob-kitob ishlari amalga oshirilmagan. Ishni to'g'ri yo'lga qo'ygan Superliga klublari esa mazkur masalani 10 yanvar sanasidayoq hal qilishga erishgandi.

SHuningdek, "Navbahor" murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy klubga nisbatan uchinchi bor ariza kiritdi. Unda murabbiy bilan uch mavsumdan buyon to'liq hisob-kitob qilinmayotgani qayd etilgan. Mutaxassis huquqlarini himoya qilayotgan qonuniy vakil klub har safar vada bilan cheklanib qolayotganidan kelib chiqib, bu safar transfer taqiqi qo'yishni talab qilgan. Mazkur ishda talab qilinayotgan summa "Navbahor" futzal jamoasining to'liq bir mavsumdagi harajatlaridan ko'proqni tashkil qiladi.

"Navbahor" sharafini himoya qilgan Oston O'runov hamda Abror Ismoilov masalasi ham ochiqligicha qolgan. Oston barcha masalani FIFA tegishli reglamentida belgilangani bo'yicha amalga oshirdi. "Navbahor" O'runov bilan joriy yilning 1 fevral sanasiga qadar hisob-kitob qilinishi yuzasidan rasmiy kafolat bergan bo'lsa-da, mazkur kafolatga amalga qilinmadi.

Oleksandr Kasyan bilan mehnat shartnomasini imzolash oldidan "Navbahor" OKMK klubi bilan kelishuv imzolagan. Biroq kelishuv shartlari o'z vaqtida amalga oshirilmaganidan kelib chiqib, "Navbahor" OKMK oldida qarzdorga aylangan. Mazkur masala hozirgacha hal etilmagan.

Yuqorida qayd etilgan ishlar faqatgina Ligaga malum bo'lganlari hisoblanadi. "Navbahor" qarzdorliklar to'liq bartaraf etilgani masalasini Associaciya uchun isbotlamaganidan kelib chiqilsa, yangi-yangi qarzdorliklar chiqib kelishi katta ehtimol.

Liga "Navbahor" qayd etayotgan natijalarni alohida etirof etadi. Biz klub muxlislari va ularning klub muvaffaqiyatlaridagi alohida hissalarini qadrlaymiz. Ammo bu kabi masalalar professional futbol klubining ish tizimiga, FIFA, OFK, O'FA talablariga masuliyatsizlarcha yondashishga sabab bo'lmasligi lozim.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика