So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  1 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  3 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  5 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

"Navbahor" - "Paxtakor". Uchrashuv haqida malumotlar Yangiliklar

"Navbahor" - "Paxtakor". Uchrashuv haqida malumotlar

Teglar :  PaxtakorNavbahor
Oliy liganing 23-turida "sherlar" Namanganga safar qiladi.

Avvalgi turda "Obod"dan mag'lubiyatga uchragan "Navbahor" oxirgi ikki o'yinda g'alaba qozongan "Paxtakor"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida quyi pog'onalarga tushib borayotgan mezbonlar bu safar muxlislari qarshisida g'alaba uchun bor kuchlarini berishga harakat qilishadi. Jamoalar oliy ligani tark etishmagan va bu uchrashuvni ham klassik to'qnashuv deb etirof etishimiz mumkin.

O'yinni "Navbahor" himoyachisi Tohir SHamsiddinov sariq kartochkalari sababli o'tkazib yuboradi.

Qarama-qarshilik

Hozirga qadar oliy ligada bu klublar o'rtasida 49 uchrashuv o'tkazilgan. Ularning 32tasida "Paxtakor", 11tasida "Navbahor" g'alaba qozongan. 6 bellashuv durang bilan tugagan. Jamoamiz 85 gol urib, darvozasidan 32 to'p olib chiqqan. Namangandagi 24 o'yin yakuni bo'yicha kuchlar teng. 10 martadan zafar quchgana jamoalar 4 bahsda murosaga rozi bo'lishgan. Oxirgi ikki mavsumda "Paxtakor" mehmondan 1:0 hisobidagi yutuqlar bilan qaytgan.

O'yin rasmiylari

Uchrashuvni navoiylik Rustam Bobomurodov boshqaradi. Unga Husniddin SHodmonov va Sardor Hakimov qanotlarda yordam beradi.

"NAVBAHOR" - "PAXTAKOR"
Hakamlar
: Rustam Bobomurodov (Navoiy), Husniddin SHodmonov (Buxoro), Sardor Hakimov (Samarqand), Baxtiyor Yo'lcharaev (Guliston).
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent).
PFL vakili: Noil Lutfulin.

"Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi 24 sentyabr, shanba kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda soat 17:30da start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика