So’nggi yangiliklar

10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  0 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  2 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  5 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0

"Navbahor" nazorat uchrashuvida "Neftchi"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Navbahor" nazorat uchrashuvida "Neftchi"ni mag'lub etdi

Bugun Qirgulidagi "Neftchi" sport majmuasi o'yingohida Farg'onaning "Neftchi" va Namanganning "Navbahor" jamoalari o'rtasida nazorat bahsi bo'lib o'tdi.

O'rtoqlik maqomida kechgan mazkur bellashuvga ko'plab futbol ixlosmandlari tashrif buyurdilar.

Uchrashuvning birinchi bo'limi teng kurashlar ostida o'tdi. Dastlabki daqiqalarda "Neftchi" vakillari namanganliklar darvozasini ishg'ol etish uchun hujum tashkil etgan bo'lsalar, bo'lim o'rtalariga kelib "Navbahor" vakillari o'yin tizginini qo'lga ola boshladilar. O'yinning 31-daqiqasiga kelib "Navbahor" jamoasi azolari hisobni ochdilar. Bu vaziyatda qanotdan etkazib berilgan to'pni namanganliklarning xorvatiyalik legioneri Vilim Posinkovich boshi bilan aniq zarba yo'llab, "Neftchi" darvozasini ishg'ol qildi. Birinchi bo'lim "Navbahor" jamoasining kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Qiziqarli kechgan bahsning ikkinchi bo'limida darvozalarga jami 3 ta gol kiritildi. Dastlab Amirbek Jo'raboev "Navbahor" jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan bo'lsa, keyinroq Abbos G'ulomov "Navbahor"ning uchinchi golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Nihoyat bo'lim so'ngiga kelib "Neftchi" vakillari namanganliklar darvozasiga gol kiritishni uddasidan chiqdilar. Bu vaziyatda uchrashuv hakami "Navbahor" futbolchilari o'z jarima maydonlari ichida o'yin qoidasini buzdi topdi va 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Belgilangan penaltini Idris Bikmaykin aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi.

Do'stona ruhda kechgan bahs "Navbahor" jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

"Neftchi" - "Navbahor" 1:3 (0:1)

Farg'ona. "Neftchi" SM o'yingohi.

Gollar:
Vilim Posinkovich (0:1), Amirbek Jo'raboev (0:2), Abbos G'ulomov (0:3), Idris Bikmaykin (1:3).

"Neftchi":
SHerzod Abduraimov, Dilyor Irmatov, Jamshid Qobulov, Mirjamol Nematov, Alisher Abduvohidov, Otabek Zokirov (Pavel Smolyachenko), Islombek Karimov, Sardorbek Sotvoldiev, Sanjar Zokirov, Dostonbek Bobojonov, Dostonbek Toshmatov (Idris Bikmaykin).

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Tohir SHamsitdinov, G'iyos Komilov, Xurshid Muxtorov, Mirzohid G'ofurov, Fuat Bayramov, Islom Rashidxonov, Ivan Solovyov, Vilim Posinkovich, Artyom SHerbak, Azizbek Turg'unboev.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Islom Isoqjonov, Abdulhay Ismoilov, SHahzod Hamidov, Obid Jo'raboev, Sardor Telyakov, Anvar Hojimirzaev, Abbos G'ulomov


Bekzod Tolibov tayyorladi


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика