So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  3 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  24 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  2 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  25 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  2 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

"Navbahor": Nazorat o'yinida durang qayd etildi Yangiliklar

"Navbahor": Nazorat o'yinida durang qayd etildi

Teglar :  Navbahor
Rejaga ko'ra "Navbahor" bugun nazorat o'yinida maydonga tushdi.

Dastlab raqib sifatida birinchi liga vakili “Xotira-79” jamoasi tanlangandi. Lekin, uychiliklar so'nggi pallada o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazmaslikka qaror qilishgach, murabbiylarimiz yoshlar jamoasi bilan bahs yuritishga qaror qilishdi. Bundan biroz vaqt oldin nazorat o'yini yakuniga etdi. Uchrashuvda asosiy tarkib vakillari yoshlar va asosan zaxirada qolayotgan o'yinchilardan tashkil topgan jamoa bilan kuch sinashishdi. Har bir bo'limi 35 daqiqadan iborat bo'lgan nazorat o'yinida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Murabbiylar ayrim futbolchilarni ikki tarkibda ham ko'zdan kechirishdi.

Uchrashuvni ancha faol boshlagan ikkinchi tarkib azolari tezkor gol urishga erishishdi. 7-daqiqada H.ErgashevA.Sultonov-H.Ergashev kombinaciyasi gol bilan yakun topdi. Markazdan oldinga intilib, qanotdan Sultonov hujumga undagan Ergashev o'zi boshlagan hujumni samarali yakunlay oldi. Oradan biroz vaqt o'tib esa Abduaziz Sultonov ikki himoyachini dog'da qoldirgan holda o'ng qanotdan oldinga intilib, Ahmad Mamadalievni to'p bilan taminladi. Yosh futbolchimiz esa yakuniy zarbani berishda xatoga yo'l qo'ymadi – 0:2. Asosiy tarkib vakillari bir qator hujumlar tashkil etishgan bo'lsada uzoq vaqt davomida urinishlardan samara chiqara olishmadi. 31-daqiqaga kelib esa ular hisobdani farqni qisqaartirishga erishishdi. Azizbek Turg'unboev o'ziga ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarima zarbasini golga aylantira oldi. Turg'unboev chamasi 18 metrlar uzoqlikdan belgilangan jarimadan samarali foydalandi.

Ikkinchi bo'lim davomida har ikki tomonda ham gol urish uchun bir qator vaziyatlar yuzaga keldi. SHunga qaramay, hujumlarni golga aylantirishda futbolchilarga aniqlik etishmadi. O'yin yakunlanishi arafasida Nemanya Yovanovich Nodir Ashurmatov darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy natijani durang bo'lishini taminladi. Mazkur uchrashuvda o'zini ko'rsata olgan Ahmad Mamadaliev endilikda asosiy tarkib bilan mashg'ulot o'tkazish imkoniga ega bo'lganligini ham qo'shimcha qilish joiz.

“Navbahor-1” – “Navbahor-2” – 2:2 (1:2). 10 iyun. Namangan. “Markaziy” o'yingoh.
Hakamlar:
M.Mamatxonov, R.Odilov, M.Nexochin.
“Navbahor-1”: 87. Akmal Ortiqov, 4. Abbos Otaxonov (2. Ahmad Mamadaliev, 49), 7. Oybek Qilichev, 9. Dilshod Jabborov, 10. Mansur Saidov, 19. Mirzohid G'ofurov, 21. Azam Aliev (4. Abbos Otaxonov, 58), 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoevich,  77. Azizbek Turg'unboev, 84. Nemanya Yovanovich.
“Navbahor-2”: 12. Nodir Ashurmatov, 2. Alisher Samatov, 3. Hasanboy Ergashev, 5. Iskandar Siddiqjanov (22. Hojiakbar Yunusov, 36; 95. Yunusbek Abduvohidov, 57), 7. Ahmad Mamadaliev (21. Javohir Olimjonov, 48), 8. Ravshan Xursanov, 9. Muzaffar Abdullaev (10. Bilol Toshmirzaev, 36), 11. Abduaziz Sultonov, 17. Ilhom Boydedaev, 20. Alisher Mirzaev, 33. Tohir SHamsitdinov.
Gollar: A.Turg'unboev (31), N.Yovanovich (64-pen.) – H.Ergashev (7), A.Mamadaliev (12).
Ogohlantirishlar: M.G'ofurov (46) – T.SHamsitdinov (47).
 

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика