"Navbahor" Mirahmadovning transferi uchun necha pul taklif qildi?
22 avg 2021 14:14
Yangiliklar
"Navbahor" Mirahmadovning transferi uchun necha pul taklif qildi?
Avgust oyining 6-sanasida saytimizning "Eshitdik-da!" rukni "Bunyodkor" forvardi Mirjahon Mirahmadovga "Navbahor" qiziqish bildirgani to'g'risida xabar bergan edi.
"Qaldirg'ochlar" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev Championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev bilan suhbatda bu malumotni tasdiqladi:
"Yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida Mirjahon Mirahmadov uchun dastlab 500 mln, keyin 1 mlrd so'm mablag' taklif qilishdi. "Navbahor" bu mablag'ni birdaniga hisob raqamimizga o'tkazib berishga tayyorligini malum qildi. Ammo, biz "Navbahor" jamoasining 1 mlrd to'lay olishiga ishonmadik va taklifni rad qildik".
To'liq suhbatni o'qing↓↓↓
"Navbahor" rahbariyati jentlmenlik qilmadi" — Ulug'bek Mirzaev
Fikrlar