"Navbahor": "Mashal"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi
03 apr 2017 15:31
Yangiliklar
"Navbahor": "Mashal"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi
Samarqandda “Dinamo” bilan o'tgan uchrashuvdan so'ng "Navbahor" azolariga qisqa muddatlik tatil elon qilingandi.
Ikki kun davomida hordiq chiqargan futbolchilar bugun klub qarorgohida to'planishdi. Kunning ikkinchi yarmida jamoa ixtiyoriga etib kelgan futbolchilar yana birozdan so'ng boshlanadigan mashg'ulot orqali Muborakning “Mashal” jamoasi bilan kechadigan bahsga tayyorgarlikni boshlashadi. Eslatib o'tamiz, “Mashal”ga qarshi o'yin 7 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadi. 6 aprel kuni esa har ikki jamoa yoshlari To'raqo'rg'onda bahs olib borishadi.
Fikrlar