"Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvidan oldin stadionda Rustam G'oipov kuylaydi
04 mar 2020 12:53
Yangiliklar
"Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvidan oldin stadionda Rustam G'oipov kuylaydi
Superliga 2-turi doirasidan o'rin olgan bahsda Namanganning “Navbahor” jamoasi o'z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi.
Mazkur o'yin 6 mart kuni soat 18:15da Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda boshlanadi.
Ushbu uchrashuv “Navbahor”ning joriy mavsumdagi o'z maydonidagi ilk uchrashuvi bo'lganligi bois, o'yindan oldin yangi mavsumning ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Klub rahbariyati mazkur ochilish marosimini yuqori saviyada o'tkazishni rejalashtirgan. Unda namanganlik taniqli xonandalar bilan birga mashhur qo'shiqchi Rustam G'oipov ham mehmon sifatida tashrif buyurib, o'zining dilrabo kuy-qo'shiqlarini muxlislarga taqdim etadi.
XXIX mavsumning ochilish marosimi “Markaziy” o'yingohda 6 mart kuni, soat 17:00da boshlanadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar