So’nggi yangiliklar

07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  1 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  2 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25

“Navbahor” – “Lokomotiv” 2:0 “Mixed zone” Yangiliklar

“Navbahor” – “Lokomotiv” 2:0 “Mixed zone”

Kuni kecha Namanganning “Navbahor” jamoasi superliga 3-turidan o'rin olgan uchrashuvda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng “Navbahor” futbolchilari o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.


Botirali Ergashev

“Avvalambor “Lokomotiv” jamoasi ustidan g'alaba qozonganimizdan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Agarda ular bizni qo'llab-quvvatlashmaganida biz bunday natija qayd etmagan bo'lar edik, nazarimda. SHuning uchun ham muxlislarimizga rahmat aytaman. “Lokomotiv” O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri. Raqibimiz ustidan ishonchli g'alaba qozonganimizdan xursandman. Bizni qo'llash uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman”, - deydi Botirali Ergashev



Dilshod Jabborov

“Lokomoti”ga qarshi juda ham qiyin o'yin kechdi. “Temiryo'lchilar” tajribali jamoa, to'pni yaxshi nazorat qiladi. Jamoaviy o'yin evaziga g'alaba qozondik. Muxlislarimiz katta yordam berdi. Ushbu g'alabada muxlislarning hissasi juda ham katta. Stadiondagi muhit alo darajada. Bunday muxlislar ko'z o'ngida g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Menimcha “Lokomotiv”ga omad etishmayapti. OCHL guruh bosqichida 2 daqiqada 2ta to'p o'tkazib yuborib mag'lubiyatga uchradi. Bu vaqtinchalik holat. O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda o'zlariga kelib olishadi. Keyingi bahsga ham alo darajada tayyorlanamiz”, - deydi Dilshod Jabborov


Davron Hoshimov

“Juda ham qiyin bo'lgan uchrashuvda g'alaba qozondik. “Lokomotiv” jamoasi qanchalik kuchga ega ekanini barcha yaxshi bilsa kerak. “Lokomotiv” futbolchilari individual mahoratga ega. SHunga yarasha ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandim. Birinchi marotaba Ilhom Mo'minjonov qo'l ostida mashg'ulot o'tkazyapman. Avval “Paxtakor” jamoasida faoliyat olib borgan paytimda Mo'minjonov bilan ko'rishib turar edik. Lekin mashg'ulotlarida deyarli qatnashmaganman. Ushbu murabbiy bizni “Lokomotiv”ga qarshi o'yinga hamma tomonlama tayyorladi. Hattoki o'yin kuni ham engil mashg'ulot o'tkazdik. Ushbu uchrashuvda g'alaba qozonganimizdan xursandman. Bu muxlislarimizning g'alabasi. Ular bizni bevosita stadiondan turib qo'llab-quvvatlab turishdi. Bizga muxlislarimizning qo'llab turishlari kuch berdi. Ularni ko'rib yanada kuchimizga kuch qo'shildi. Buning uchun muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Muxlislarimiz bizning asosiy kuchimiz”, - deydi Davron Hoshimov



Oston O'runov

“Jamoadoshlarim bilan bir oila bo'lganimiz uchun “Lokomotiv”ni mag'lubiyatga uchratdik. Ushbu bahsda faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushgandik. Barcha futbolchilar o'ziga yuklatilgan vazifani ortig'i bilan bajardi. Qo'lga kiritilgan g'alabada muxlislarimizni hissasi katta. “Lokomotiv” jamoasining futbolchilari kuchli. Lekin Marat Bikmaev darvozamiz oldida ko'proq xavf tug'dirib turdi. Stadiondagi muhit alo darajada bo'ldi. Uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislarimizning qo'llab-quvvatlab turgani biz uchun juda ham katta kuch bag'ishladi. Muxlislarimizga katta rahmat aytaman”, - deydi Oston O'runov

Muallif :
Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика