"Navbahor" legioneri jamoani tark etdi
03 iyu 2021 23:20
Yangiliklar
"Navbahor" legioneri jamoani tark etdi
"Navbahor" futbolchisi Nikola Tasich ham instagrami orqali jamoani tark etganini malum qildi.
Bizga malum bo'lishicha, tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra shartnoma bekor qilingan. Tasich "Navbahor" bilan ushbu mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.
"Rahmat va omad", deb yozadi futbolchi.
Malumot uchun, Tasich ushbu mavsumda 3 o'yinda maydonga tushdi va ularda atigi 76 daqiqa harakat qildi, xolos.
Fikrlar