

27 may (chorshanba)kuni Toshkentda "temiryo'chilar" bilan kechadigan o'yinni Baxtiyor Namozov (Toshkent) boshchiligidagi referilar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Timur Galeev (Toshkent) hamda Akbar Po'latov (Toshkent) ko'maklashishsa, Anatoliy Rubakov (Toshkent) zahira hakami vazifasini bajarib boradi. Bellashuvni nazorat qilib borish poytaxtlik Sardor Najafaliev zimmasiga yuklatilgan.Baxtiyor Namozov ushbu mavsumda "Navbahor" ishtirokidagi o'yinlarni ikkinchi bor boshqarish imkoniga ega bo'ladi. Oliy liga 4- turida "So'g'diyona"ga (1:0) qarshi kechgan Namangandagi bahsda ham aynan Namozov bosh hakam bo'lgan.



