So’nggi yangiliklar

13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  6 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  3 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  80

"Navbahor" Kanchelskisdan qarzini uzdi Yangiliklar

"Navbahor" Kanchelskisdan qarzini uzdi

OFK nazorati ostida o'tadigan licenziyalash jarayoni yakuniga yaqinlashdi.

Uning eng muhim mezonlaridan biri — klubning amaldagi yoki sobiq futbolchi hamda murabbiylaridan qarzdorligi bo'lmasligidir.

FIFA Futbolchilar maqomi va o'tishi qo'mitasi 2021 yilning 25 avgust kuni "Navbahor" futbol klubi va uning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan va rossiyalik mutaxassis davosini qisman qondirib, "Navbahor" futbol klubi sobiq bosh murabbiyiga to'lov amalga oshirishi lozimligini belgilangan edi. SHuningdek, yana bir sobiq murabbiy Aleksey Belenkov bo'yicha ham nizoli vaziyat mavjud edi. Keyinroq futbol klubi va ikki mutaxassis o'rtasida tinchlik bitimi imzolanib, qarzdorlik kelishilgan muddatlar oralig'ida bo'lib to'lanishiga kelishildi.

Kuni kecha "Navbahor" Kanchelskis bilan to'liq hisob-kitob qildi. Avvalroq Belenkovdan qolib kelayotgan qarzdorlik bartaraf etib bo'lingandi. SHu tariqa, Andrey Kanchelskis to'lovning yakuniy qismini qabul qilib olganini yozma ravishda tasdiqladi. "Navbahor" esa rossiyalik sobiq murabbiylari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini to'liq bajardi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика