So’nggi yangiliklar

10:24Мусиала операция қилинди  0 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  4 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5

"Navbahor" jamoasining darvozaboni "Zenit"ga gol urganini bilasizmi? Yangiliklar

"Navbahor" jamoasining darvozaboni "Zenit"ga gol urganini bilasizmi?

Katta yoshli muxlislar "Navbahor" jamoasining 1991 yil SSSR birinchi ligasida o'tkazgan mavsumini juda yaxshi eslashsa kerak.

1991 yilgi mavsumda Sobiq Ittifoq chempionatining birinchi ligasida to'p tepgan Namanganning “Navbahor” jamoasi o'sha yili turnir doirasida Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasi bilan ham bahs olib boradi.

Dastlab, shu yilning 27may anasida “Zenit”maydoniga safar uyushtirib 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan "lochinlar", ikkinchi davrada yani 11-sentyabr sanasida Namanganda “Zenit” jamoasini qabul qiladi va 3:0 hisobida zafar quchadi. 

Qayd etish joiz, “Zenit” maydonida o'tgan dastlabki uchrashuvda “Navbahor”ning yagona goliga jamoa darvozaboni Anvar Jabborov (penaltidan) mualliflik qiladi.

 O'sha oqshom Sankt-Peterburg jamoasi muxlislari, penaltidan gol urgan “Navbahor” posbonini o'rnilardan turgancha uzoq olqishlagandilar. 

"Rostdan ham bu bo'lgan voqea. O'shanda "Zenit" darvozasini Biryukov degan darvozabon qo'riqlagandi. Men esa 11 metrlik nuqtadan uning darvozasiga to'p kiritgandim. Namanganda hali hamon ajoyib muxlislar bor. Qaysi hududiga bormang futbolni sevishadi. "Kosonsoy"da ham o'ynaganimda stadionlarni to'ldirib o'tirishardi. Yutqazganimizda ham tik turib olqishlab kuzatib qo'yishardi", - deya eslaydi Anvar Jabborov. 


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика