So’nggi yangiliklar

20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6

"Navbahor": Iqtidorli yoshlar uchun tanlov Yangiliklar

"Navbahor": Iqtidorli yoshlar uchun tanlov

"Navbahor” yoshlar jamoasi hamda viloyat sharafini birinchi ligada himoya qilayotgan jamoalar safida mahalliy iqtidorli futbolchilarni to'p surishini taminlash maqsadida 13-16 dekabr kunlari Namangan shahrida musobaqa bo'lib o'tadi.
Mazkur turnirda viloyatdagi sport va futbol maktablarida shug'ullanayotgan 1996-1997 yillarda tug'ilgan o'yinchilardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishadi. Musobaqadan o'rin olan uchrashuvlarda maydonga tushib o'zini ko'rsatgan iqtidorli futbolchilar saralab olinadi.

Turnir yakunida jamoalardan tanlab olingan yoshlardan uch-to'rtta tarkib shakllantirilib, hal qiluvchi o'yinlarda ishtirok etishadi. Musobaqadan o'rin olgan uchrashuvlarni “Navbahor” jamoasi hamda “Navbahor-Umid” futbol maktabida faoliyat yuritayotgan murabbiylar kuzatib borishadi va munosiblarni tavsiya qilishadi.

Turnirning so'nggi kunida o'tkaziladigan uchrashuvlarni “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham kuzatadi. Yakunda barchasi sarhisob qilinib, murabbiylar kengashi tomonidan iqtidorli deb topilgan futbolchilar “Navbahor” yoshlar jamoasida shug'ullanish imkoniga ega bo'ladilar. Malumot o'rnida musobaqa Namangan viloyat futbol federaciyasi va "Navbahor" futbol klubi tashabbusi bilan o'tkazilayotganligini keltirib o'tish joiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика