"Navbahor" ikki muhim futbolchisi bilan shartnoma uzaytirilganligini malum qildi
31 dek 2023 18:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/774564_original.jpg)
![](/upload/storage/774564_220.jpg)
"Navbahor" ikki muhim futbolchisi bilan shartnoma uzaytirilganligini malum qildi
"Navbahor" matbuot xizmati Jamshid Iskanderov hamda O'tkir Yusupov bilan shartnoma uzaytirilganligini malum qildi.
Jamshid Iskanderov 2023 yilgi mavsumdagi barcha musobaqalarda “Navbahor” tarkibida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta golga mualliflik qilgan holda, 10 ta golga assistentlik qildi.
O'tkir Yusupov 2023 yilgi mavsumdagi barcha musobaqalardagi 39 ta o'yinda, yani, “Navbahor”ning barcha bahslarida jamoa darvozasini qo'riqladi.
Ushbu futbolchilar 2024 yilgi mavsumda ham namanganliklar sharafini himoya qilishadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar