"Navbahor" hujumchisi Ruslan Bolov nima uchun "Paxtakor" bilan o'ynamagani malum
28 fev 2020 12:34
Yangiliklar


"Navbahor" hujumchisi Ruslan Bolov nima uchun "Paxtakor" bilan o'ynamagani malum
Superliganing 1-turida "Navbahor" Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'yin o'tkazdi.
"Navbahor"ning rossiyalik legioneri Ruslan Bolov kecha bo'lib o'tgan bahsni diskvalifikaciya sabab o'tkazib yubordi. Bu haqda PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev shaxsiy telegram kanalida malum qildi.
U o'zi to'p tepgan Belarus chempionatining uch o'yinidan chetlatilgan bo'lib, qaror ijrosi hali bajarilmagandi. SHundan kelib chiqib, u oldindagi yana ikki uchrashuvda "lochinlar"ga yordam bera olmaydi. Malumot uchun, "Navbahor" Superligada 2-turni o'z maydonida "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazsa, 3-turda Andijonda mehmon bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 1994 yilda tug'ilgan Bolov 2019 yilda Belarusning “Gomel” klubi sharafini himoya qilgan. Futbolchi "Navbahor" bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma tuzgan.
Ruslan Bolov o'rtada
O’xshash yangiliklar

Fikrlar