"Navbahor" Golban bilan xayrlashganini elon qildi
06 jan 08:34
Yangiliklar
"Navbahor" Golban bilan xayrlashganini elon qildi
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Golban “Navbahor” tarkibiga 2018 yilning 2-davrasida qo'shilib, 2023 yil yakuniga qadar o'ynadi. “Lochinlar” tarkibidagi 5,5 yillik faoliyati davomida tajribali futbolchi Superliga bahslarida jami 134 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urib, 3 ta golga assistentlik qildi. SHuningdek, “Navbahor”dagi yorqin o'yinlari orqali O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi.
O'tgan mavsumda Igor Golban "Navbahor" ishtirokidagi barcha bellashuvlar, yani, 39 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urib, 1 ta “pas” berdi.
“Navbahor”ning so'nggi yillardagi muvaffaqiyatlariga tajribali himoyachi munosib hissa qo'shdi.
Biz Igor Golbanga “Navbahor”dagi faoliyati uchun klubimiz va muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirib, yangi jamoasida omad yor bo'lishini tilaymiz, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Golban faoliyatini "Nasaf"da davom ettiradi.
Fikrlar