So’nggi yangiliklar

12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  3 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  0 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  0 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  8 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  9 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  4 02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  14 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  9 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  6 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1

“Navbahor” futbolchisi Azim Ahmedov joriy yil boshida legionerga aylanishi mumkin edi Yangiliklar

“Navbahor” futbolchisi Azim Ahmedov joriy yil boshida legionerga aylanishi mumkin edi

“Tezkor Studiya” loyihasining kechagi sonida avvalgilaridan farqli ravishda va muxlislar talabiga ko'ra “Navbahor” jamoasi azolari O'tkir Yusupov, Mirzohid G'ofurov, Azim Ahmedovlar ishtirok etishdi.

Jonli efir davomida ishqibozlar tomonidan turli savollar kelib tushdi. Jurnalist SHahboz Beg'amov Azim Ahmedovning joriy yil boshida Koreya K ligasiga yo'l olish varianti paydo bo'lgani haqidagi savoliga futbolchi quyidagicha javob berdi.

“Janubiy Koreya va Yaponiya chempionatlaridan juda ham zo'r takliflar tushdi desam ham bo'ladi. Men bu borada Xayrulla Hayitboevich, jamoadagi rahbarlar bilan gaplashdim. To'g'risi, shunday pallada muxlislarni tashlab ketgim kelmadi. Ularni o'yladim. Bizning maqsadimiz CHempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritish. Xalqaro maydonga chiqsak tarix yaratgan bo'lamiz. SHundan keyin yana takliflar bo'laveradi. Odil akam bilan ham maslahatlashdim. Ular menga qolib jamoaga yordam berishimni takidladilar. Men haqimda juda yomon fikrlar bo'ldi. Lekin, baribir “Navbahor”ni tashlab keta olmadim.

Bilsangiz, puldan ham muhimroq narsalar bor. Yaponiya yoki Koreya menga o'z klubimdagidan 5-6 barobar ko'p maosh berishardi. Biroq, muxlislarimizni tashlab ketishga qo'zim qiymadi. Ko'rdingiz, safarda o'ynasak ham ular uydagidek muhitni hosil qilib berishadi. Bu yil jonimni berib oxirgacha kurashaman. Keyingi yil esa legionerga aylanish masalasini o'ylab ko'raman”,- deydi mahoratli yarim himoyachi.

Malumot o'rnida, 2019 yilgi mavsumda futbolchi Superligada 22ta uchrashuvda maydonga tushib 1ta gol, 1ta pas va 5ta sariq kartochka oldi. So'ngi turlarni jarohat sabab o'tkazib yuborgach bu yildan boshlab yana etakchilikni o'z qo'liga oldi.

"Navbahor" yulduzlari ishtirokidagi "Tezkor Studiya"ni tomosha qiling:  


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика