"Navbahor": Faxriylar doimo ezozda!
09 may 2018 20:27
Yangiliklar
Ushbu kun munosabati bilan “Navbahor” PFK direktor birinchi o'rinbosari Ilhomjon Mirzaboev, “Markaziy” o'yingoh direktori Nabixon Abdug'aniev, klub marketing bo'limi boshlig'i Sohibjon Nabiev, marketing bo'limi xodimi Rasuljon Akramov, “Navbahor” PFK matbuot va media xizmati xodimlari, shuningdek, bir guruh jamoa muxlislari faxriylarni ziyorat qilishdi.
Klub xodimlari jumladan, Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda 1983-2012 yillar davomida turli lavozimlarda, shu jumladan, bosh muhandis, direktor bo'lib faoliyat yuritgan Rustam Hamidovich Burnashev, ”Navbahor” jamoasida 1974-1979 yillarda futbolchi, 1980 – 2008 yillarda murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Pavel Konstantinovich Kim, shuningdek, 1941-1945 yillarda 2-jahon urushida ishtirok etib, Leningrad qamali azobini boshidan kechirgan Lyubov Mixaylovna Kapitonovaning xonadonlariga tashrif buyurib, bu faxriylarni Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan tabriklab, ularga “Navbahor” PFKning maxsus sovg'alarini topshirishdi.
Faxriylar ularga ko'rsatilgan izzat – ikrom uchun “Navbahor” PFK rahbariyati va xodimlariga o'z minnatdorchiliklarini bildirib, ularning haqlariga duo qilishdi hamda jamoaga doimo omad yor bo'lishini tilashdi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar