"Navbahor": Darvozabonlar yig'inga qo'shilishdi
06 jan 2020 13:57
Yangiliklar
"Navbahor": Darvozabonlar yig'inga qo'shilishdi
Xabar berganimizdek, Namanganning “Navbahor” klubi futbolchilari o'z qarorgohlariga 7 yanvar kuni yig'ilishadi.
8 va 9 yanvar kunlari jamoa azolari yangi mavsum uchun tibbiy ko'rikdan o'tishadi hamda 10 yanvardan Namanganda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlashadi.
SHu bois, futbolchilar jamoa ixtiyoriga etib kelishni boshlashdi. 5 yanvar kuni “Navbahor” darvozabonlari – O'tkir Yusupov va Dilshod Hamroev Namanganga etib kelishdi.
Bugun boshqa mahalliy o'yinchilar, shuningdek, jamoa legionerlari – himoyachi Igor Golban hamda yarim himoyachi Ivan Solovyov Namanganga kelishadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar