"Navbahor" bilan o'yinda jarohat olgan Aziz G'aniev "Navbahor"ga qarshi bahsda safga qaytdi
12 apr 2019 20:49
Yangiliklar


"Navbahor" bilan o'yinda jarohat olgan Aziz G'aniev "Navbahor"ga qarshi bahsda safga qaytdi
Superliganing 4-turida "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yinning ikkinchi bo'limi avvalida maydon egalari safida Azizjon G'aniev maydonga tushdi. Yarim himoyachi o'tgan mavsum o'rtasida jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Yaponiyada operaciya qilingan futbolchi 7 oydan ortiq vaqt davolandi.
Qizig'i o'sha jarohatni Qarshida aynan "Navbahor"ga qarshi bahsda olgan edi. Bugun aynan "Navbahor" bilan Qarshidagi urashuvda yashil maydonga qaytdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar