"Navbahor": Ayupov va Mamazulumov mashg'ulotda qatnashishdi
04 jan 2016 18:06
Yangiliklar
"Navbahor": Ayupov va Mamazulumov mashg'ulotda qatnashishdi
Dastlabki kuni o'tkazilgan mashg'ulotda 18 nafar futbolchi ishtirok etganligini aytib o'tish joiz.
Rashid G'ofurovga mashg'ulotni o'tkazishda Mustafo Bayramov va SHerzod Jo'raevlar yordam berishdi.
Futbolchilar bugun asosan yugurish mashqlari bilan shug'ullanishdi. Malum vaqt davomida esa to'p bilan bog'liq mashqlar ham bajarildi. Tatildan qaytgan jamoamiz tarkibi to'liq yig'ilganicha yo'q.
Bugungi mashg'ulotda “Bunyodkor” jamoasidan taklif etilgan Timur Ayupov va Aziz Mamazoitovlar shug'ullanishdi. Mahalliy bo'lgan Sardor Asqarov ham jamoada ko'rikdan o'tmoqda.
SHuningdek, yoshlar tarkibining bir qator o'yinchilari ham mashg'ulotda qatnashishdi. Bundan tashqari o'tgan mavsum birinchi yarmini “Navbahor”da o'tkazib, ikkinchi davrada “Lokomotiv”ga o'tib ketgan hujumchi Mo'ydin Mamazulumov ham ayni paytda jamoa bilan birga bo'lib turibdi.
Keyingi mashg'ulotlarda tarkibga yangi o'yinchilarni qo'shilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar