So’nggi yangiliklar

09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  1 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  2 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  13 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  8 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  4 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  14 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17

“Navbahor” Aleksey Belenkovga katta miqdordagi mablag' to'lanishi borasidagi fikrlarni asossiz deb hisoblaydi Yangiliklar

“Navbahor” Aleksey Belenkovga katta miqdordagi mablag' to'lanishi borasidagi fikrlarni asossiz deb hisoblaydi

Kecha championat.asia saytida "Navbahor" sobiq yordamchi murabbiyi Aleksey Belenkov borasida maqola chop etildi. "Navbahor" klubi rasmiy sayti ushbu maqolaga munosabat bildirdi.

FIFA: "Navbahor" 30 kun ichida rossiyalik murabbiyga 520 ming AQSH dollarini to'lashi shart         


Xabaringiz bor, 20 iyul kuni sportga ixtisoslashgan saytlar va OAVda rossiyalik  63 yoshli mutaxassis Aleksey Ilich Belenkovning Namanganning “Navbahor” klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlagani, biroq klub hamda Belenkov o'rtasida 2023 yil 30 noyabrga qadar tuzilgan shartnomani muddatidan avval bekor qilingani hamda klub yordamchi murabbiyga shartnoma bo'yicha pullarini to'lamaganligi, natijada murabbiyning yuristlari “Navbahor”ga 150 ming AQSH dollari to'lashni va barcha masala yopilishini malum qilishganini, ammo klub bunga etibor qilmaganligi uchun Aleksey Belenkov FIFAga murojaat qilganligi, rossiyalik mutaxassisning huquqlarini SILA kompaniyasi himoya qilishi, “Navbahor” 30 kun ichida Belenkovga 520 ming AQSH dollari (taxminan 5 milliard 300 million so'm) to'lashi shartligi, aks holda, FIFA sankciyalar qo'llashi,  bular transferlarni amalga oshirishga taqiq qo'yish, ochkolar olib tashlash va quyi ligaga tushirib yuborish bo'lishi mumkinligi borasida maqola chop etildi.

“Navbahor” PFK rossiyalik mutaxassis Aleksey Ilich Belenkov masalasiga oid mazkur maqola yuzasidan raddiya bildirib, quyidagilarni bildiradi:

Aleksey Belenkov “Navbahor” jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan davrlari, yani 2019 yilning centyabr oyidan dekabr oyigacha bo'lgan muddat uchun klubdan oylik maoshlarini to'liq olgan.

O'tgan mavsum yakunlanganidan so'ng, “Navbahor” jamoasi azolari mavsumlar oralig'idagi qishki tatilga chiqishadi.

SHu munosabat bilan Aleksey Belenkov o'z yurti Rossiyaga jo'nab ketgandi.

SHundan keyin yangi yildan so'ng, “Navbahor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Biroq Aleksey Belenkov jamoa ixtiyoriga etib kelmaydi. “Navbahor” PFK rahbariyati ushbu rossiyalik mutaxassis bilan qo'ng'iroqlashib, jamoaga qaytishini takidlaydi. Lekin Aleksey Ilich “Navbahor”da faoliyat yuritmasligini aytadi.

SHu kungacha “Navbahor” PFKning rasmiy elektron pochtasi manziliga jamoaning rossiyalik mutaxassisdan qarzi borligi to'g'risida hech qanday xat jo'natilmagan va jamoa bu borada ogohlantirilmagan.

SHu bois, “Navbahor” PFK Aleksey Belenkov borasidagi maqolada bildirilgan ushbu murabbiyga katta miqdordagi mablag' to'lanishi borasidagi fikrlarni asossiz deb hisoblaydi va muxlislardan tasdiqlanmagan bunday xabarlarga ishonmaslikni so'raydi.

“Navbahor” PFKga oid har qanday rasmiy xabar va malumotlar faqatgina klub rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida chop etiladi.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика