So’nggi yangiliklar

13:22Собиқ клубини жазолаган ҳимоячи ГАЛЕРЕЯ  0 13:13Афсуски, 4 кун олдин майдонда хушини йўқотган 27 ёшли футболчи вафот этди  0 12:34Ким чемпион бўлади? "Ман Сити" ёки "Арсенал"? "Ливерпуль" тўртталикка ҳам кирмайди? Каррагер ва Невилл батли  1 12:11Ҳайдаров: "Хоразм"га гол уриш осон эмас"  0 11:47"Мағлубият учун айбни ўз зиммамга оламан"  3 11:17Мексикани ўзига қаратган Аббосбек Махсталиев ва Бобур Давлатов ҳозир қаерда?   7 11:08Европанинг бир қатор топ клублари қизиққан Аргентина олимпия терма жамоаси аъзоси фаолиятини Россияда давом эттиради  1 10:54"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - 11 ёшли Амаль ва Амир Насибуллаевлар  0 10:39Криштиану Роналду навбатдаги совринини қўлга киритди  3 10:10Даниеле де Росси Шомуродов борасида бир қарорга келди  23 09:43"Ал Насср"ни ТОП мураббий бошқариши мумкин. Буни шахсан Роналду истамоқда  6 09:15Чемпионлик учун жиддий курашни мақсад қилган "Атлетико" навбатдаги трансферини расман эълон қилди  1 08:47"Челси" яна бир ҳужумчи учун 50 миллион фунт тўлашга тайёр  1 08:19"Барселона" ҳимоячиси жиддий жароҳат олди ва узоқ муддатга сафдан чиқди  8 07:53«Ливерпуль» ёзги трансфердаги илк харидини амалга оширди  2

"Navbahor" - AGMK uchrashuvi prevyusi Yangiliklar

"Navbahor" - AGMK uchrashuvi prevyusi

AGMK matbuot xizmati "Navbahor"ga qarshi o'yin oldidan bo'lajak uchrashuvga prevyu yozdi.

"Superliganing 16-turi doirasida to'qnash keladigan raqibimiz "Navbahor" bilan umumiy hisobdagi 24-to'qnashuv ostonasidamiz.

Bunga qadar namanganliklar bilan jami 23 marotaba duch kelganmiz. O'zaro o'yinlardagi natijalarda tarozi pallasi bizning foydamizda. O'tkazilgan uchrashuvlarning 10tasi bizning g'alaba bilan yakunlangan bo'lsa, 6 bahsda durang qayd etilgan va 7 bor raqib yutuqqa erishgan. To'plar nisbatida ham kichik ustunlik biz tomonda: 33-32.

Joriy mavsumning birinchi davrasi doirasida o'tgan Olmaliqdagi bellashuvda g'olib nomi aniqlanmagandi. O'shanda qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda har ikkala tomon bittadan gol urib, yakunda durangga imzo chekilgandi. 

Ayni paytda turnir jadvaliga etibor qaratadigan bo'lsak, raqibimiz "Navbahor" 15-turdan keyin 22 ochko to'plagan holda 6-pog'onada bormoqda. Jamoamiz esa 13 ochko bilan 11-o'rinda.

"Navbahor"da joriy mavsum o'rtasida istefo kuzatilgandi. Andrey Kanchelskis qo'l ostida chempionatni boshlagan namanganliklar ayni paytda serbiyalik Deyan Jurjevich boshqaruviga o'tgan. "Navbahor" joriy mavsum o'z uyidagi ikkita o'yinda imkoniyatni boy bergan. Dastlab "Bunyodkor" "Navbahor" Farg'onada nominal mezbonlik qilgan o'yinda zafar quchgan bo'lsa, ikkinchi davra avvalida "Qizilqum" Namanganda mezbonlarni xafa qilgandi.

AGMK bu bahsga ancha puxta hozirlik ko'rmoqda. "Mashal"ga qarshi kubok o'yinidan keyin qisqa muddatli tatilga chiqqan futbolchilar 6 avgustdan boshlab mashg'ulotlarga kirishishdi. "Navbahor" bilan bahsga jiddiy taraddud ko'rayotgan jamoamiz bugun erta tongda Namanganga etib keldi va uchrashuvdan oldingi mashg'ulotni o'yin bo'ladigan stadionda o'tkazadi.

Tarkibga keladigan bo'lsak, katta yo'qotishlar yo'q. Faqatgina mavsum startida jarohatlangan Rasul Yo'ldoshev o'yinni o'tkazib yuboradi. "Navbahor"da esa legioner himoyachi Slavko Lukich hamda birinchi davrada Olmaliqda kechgan bahsda jarohatlangan Abdujamol Isroilov ertangi uchrashuvda qatnashmaydi. SHuningdek, kubok bellashuvida kichik jarohat olgan Aleksandr Kasyanning ertangi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida.

Qayd etish kerakki, "Navbahor"ga qarshi bahsda jamoamiz safiga yangi kelib qo'shilgan Jasur Yaxshiboev AGMK tarkibidagi debyut o'yinini o'tkazish imkoniyatiga ega. 

Ertangi uchrashuvda maydon egalari "Navbahor" jamoasi qizil rangli libosda, jamoamiz esa oq rangli formada maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" - AGMK  uchrashuvi 10 avgust kuni Namangan shahridagi "Markaziy" stadionda, soat 20:00da boshlanadi. Uchrashuvni "Mahalla" telekanali jonli efirda ko'rsatishni rejalashtirgan.

AGMK jamoasi Namangandan 2010, 2011 va 2013 yilgi mavsumlarda g'alaba bilan qaytishni uddalagan. Umid qilamizki, ertangi bahsda esa so'nggi bor 6 yil oldin Namanganda qayd etilgan muvaffaqiyatni takrorlaymiz va Olmaliqqa muhim 3 ochko bilan qaytamiz!

Bo'lajak bahsda jamoamizga omad tilab qolamiz", - deyiladi AGMK klubining telegramdagi rasmiy kanalida.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика