"Navbahor-96"ni eslab. Oliy liga tarixida eng ko'p gol urilgan o'yin
27 fev 2016 10:00
Yangiliklar
"Navbahor-96"ni eslab. Oliy liga tarixida eng ko'p gol urilgan o'yin
Saytimiz orqali 1996 yilgi mavsumda "Navbahor" qayd etgan natijalar haqida malumot berib boramiz.
O'sha yilning 20-turida Namanganda viloyat derbisi bo'lib o'tgan. "Navbahor" o'z uyida "Kosonsoy"ni qabul qilgan. 20 avgust kuni bo'lib o'tgan bahsda muxlislar oz emas, ko'p emas 13ta golning guvohiga aylanishgandi. "Lochinlar" 10:3 hisobida zafar quchishgandi.
Maydon egalari safida Zafar Musaboev (3ta), Oleg SHackix (3ta), Toxir Madrahimov, Saydullo Tursunov, Abduqahhor Marufaliev, Eduard Mamotov to'p kiritishgandi. "Kosonsoy"dan esa Umid Jo'raev (2ta) va Nasim Omonov gol urishgandi.
Bu bahs oliy liga tarixida bitta o'yinda urilgan gollar soni bo'yicha rekord bo'lib turibdi. Yani hozirga qadar hech bir o'yinda 13ta va undan ko'p gol urilmagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar