"Navbahor" - 9 karra bronza medali sohibi!
16 noy 2018 17:17
Yangiliklar
"Navbahor" - 9 karra bronza medali sohibi!
Bugun PFL "Bunyodkor" klubidan 6 ochko olib tashladi. SHu bois to'rtinchi o'rindagi "Bunyodkor" oxirgi ikki turga hech qanaqasiga "Navbahor"ga eta olmaydi.
"Navbahor" esa ikkinchi o'rindagi "Paxtakor"dan o'tib keta olmasligi oldindan malum edi. To'g'ri "lochinlar" so'nggi ikki turda ochkolari sonini "sherlar" bilan tenglashtirib olishlari mumkin. Biroq o'zaro o'yinlarga ko'ra "Paxtakor" yuqorida turadi.
Bu klublar o'rtasidagi o'zaro o'yinlar:
"Paxtakor" - "Navbahor" 1:0
"Navbahor" - "Paxtakor" 1:0
"Navbahor" - "Paxtakor" 3:3
"Paxtakor" - "Navbahor" 0:0
"Paxtakor" safarda urilgan gollar tufayli ham "Navbahor"dan tepada bo'ladi. Yani Namanganda 3:3 hisobi qayd etilgan, Toshkentda esa 0:0.
Demak, "Navbahor" 14 yillik tanaffusdan so'ng, o'z tarixida 9-marta O'zbekiston chempionati bronza medali sohibiga aylandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar