"Navbahor" 8 martga qadar Toshkentda bo'ladi
28 fev 2019 22:00
Yangiliklar


"Navbahor" 8 martga qadar Toshkentda bo'ladi
Namanganning “Navbahor” klubi azolari Namangandagi o'quv-mashg'ulot yig'inini bugun o'z yakuniga etkazishdi.
“Lochinlar” bugun tushlikdan so'ng, Toshkentga jo'nab ketishdi. Mashg'ulotlar ertadan poytaxtimizda davom ettiriladi. Andrey Kanchelskis shogirdlari poytaxtimizda 7 martgacha bo'lishni rejalashtirishgan.
Namanganliklar 8 mart kuni o'z qarorgohlariga kelishadi.
10 mart kuni esa “Navbahor” 2019 yilgi Superliganing dastlabki turi doirasida “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuvning Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tkazilishi ehtimoli bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar