"Navbahor" 6 nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi
05 fev 2019 11:50
Yangiliklar


"Navbahor" 6 nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan Namanganning “Navbahor” klubi o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
4 fevral kuni namanganliklar bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolashdi.
O'tgan mavsumni Qo'qonning “Qo'qon - 1912” jamoasida o'tkazgan 28 yoshli darvozabon O'tkir Yusupov 2 yillik, yana bir kiper, o'tgan mavsumning 2-davrasini “lochinlar” safida o'tkazgan 23 yoshli darvozabon Dilshod Hamroev 3 yillik, 2018 yili Qo'qonning “Qo'qon-1912” klubi sharafini himoya qilgan 29 yoshli himoyachi G'iyos Komilov 2 yillik, o'tgan mavsumda Farg'onaning “Istiqlol” jamoasida to'p surgan 32 yoshli himoyachi Obid Jo'raboev 2 yillik, shuningdek, o'tgan mavsumda “Navbahor” yoshlar jamoasida o'ynagan 20 yoshli yarim himoyachilar – Abbos G'ulomov va SHohruhmirzo Ahmadaliev bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar