Navas: "Hech qachon Kasilyas tomonidan menga bo'lgan salbiy munosabatni ko'rmaganman"
01 fev 2017 14:47
Yangiliklar
Navas: "Hech qachon Kasilyas tomonidan menga bo'lgan salbiy munosabatni ko'rmaganman"
"Real" darvozaboni Keylor Navasning so'zlariga ko'ra, unda jamoa sobiq posboni Iker Kasilyas bilan muammo bo'lmagan.
"Kasilyas og'ir vaziyatda bo'lganida "Real"ga o'tganman. Iker meni hurmat qilgan va hech qachon salbiy munosabatda bo'lmagan. Agar aksini aytganimda aldagan bo'lar edim.
Kasilyas - buyuk darvozabon. U uzoq yil milliy jamoada o'ynab, barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan. Bir narsaga tushunmayman, nega u milliy jamoada o'ynay olmaydi?" - deydi Navas.
Fikrlar