Navaf SHukrulla O'zbekistonning qaysi o'yinlarida ishlagan?
09 jan 2015 10:29
Yangiliklar

Navaf SHukrulla O'zbekistonning qaysi o'yinlarida ishlagan?
Xabaringiz bor, O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi o'yinda bahraynlik Navaf SHukrulla boshchiligidagi hakamlar ishlashadi.
Ushbu hakam O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda faoliyat yuritgan.
2010 yilgi U-16 Osiyo CHempionatida guruh bosqichida Iordaniyaga qarshi o'yinda (0:0) va yarim finalda Avstraliya bilan bahsda (2:1) aynan SHukrulla ishlagan.
2011 yil Qatarda o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasidagi Quvaytga qarshi o'yinda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchishgan. O'sha uchrashuvni bahraynlik hakam boshqargan.
2014 yil U-19 Osiyo CHempionatida guruh bosqichida Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz Avstraliya bilan durang o'ynagan (1:1) uchrashuvda SHukrulla futbolchilarning qoidaga amal qilishini kuzatib borgan.
Osiyo Kubogi saralashi doirasidagi Gongkong bilan uchrashuvda ham aynan shu hakam faoliyat olib borgan. O'sha bahsda vakillarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar