Naumov, Berdimurodov va Kochnev “Olmaliq” ko'rigida
07 jan 2016 08:13
Yangiliklar


Naumov, Berdimurodov va Kochnev “Olmaliq” ko'rigida
O'tgan mavsumning ikkinchi qismini “Oq-tepa”da o'tkazgan darvozabon Mixail Naumov ayni damda “Olmaliq” ko'rigida bo'lib turibdi. Futbolchining aytishicha, uning klubda qolish masalasi hozircha ochiqligicha turibdi. Agarda ko'rikdan muvaffaqiyatli o'ta olsagina, bitim imzolanadi. Malumot uchun, 31 yoshli Naumov bungacha “Surxon”, “Mashal”, “Nasaf” va “So'g'diyona” kabi jamoalarda o'ynagan.
SHuningdek so'nggi yillarni “Navbahor”da o'tkazgan Rahmatullo Berdimurodov ham olmaliqliklarning mashg'ulotlarida ishtirok etayotganini aytish joizdir. CHap qanot himoyachisi bo'lgan Berdimurodov ham hozircha ko'rikdan o'tmoqda.
Buxorolik Evgeniy Kochnev ham bulardan avval “Olmaliq” yig'iniga kelib qo'shilganini ham etirof etish lozim. Xorij klubiga o'tishi kutilayotgan Ro'zimboy Ahmedov ham ayni damda Igor SHkvirin o'tkazayotgan mashg'ulotlarda ishtirok etib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar