So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  1 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  8 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  10 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

"Nasional", Kuba terma jamoasi, "Roma", "Olimpiakos"... “Paxtakor”ning esda qolarli tarixiy xalqaro uchrashuvlari Yangiliklar

"Nasional", Kuba terma jamoasi, "Roma", "Olimpiakos"... “Paxtakor”ning esda qolarli tarixiy xalqaro uchrashuvlari

Teglar :  Paxtakor
Katta tarixga ega "Paxtakor"ning eng muhim xalqaro bellashuvlari haqida muxlislarimizga ajoyib malumotlar taqdim etishni davom ettiramiz. Voqealarga boy tarixdan boxabar bo'ling.


1956 yil, “Paxtakor” – Efiopiya terma jamoasi – 3:0

13 iyun kuni Toshkentga Efiopiya terma jamoasi tashrif buyurgan. Endigina tashkil qilingan “Paxtakor”ning birinchi xalqaro uchrashuvi katta qiziqish uyg'otgan. Bellashuvda Kanunnikov uch to'p kiritib, afrikaliklarning yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashlarini taminlagan. O'sha paytlarda bu jamoamizning turli terma jamoalarni dog'da qoldirishi odatga aylangan.

1960 yil, “Paxtakor” – Yaponiya terma jamoasi – 6:1
6 sentyabr kuni bo'lib o'tgan bahsda “Paxtakor” yaponlarning terma jamoasini 6:1 hisobida tor-mor keltirgan! Bundan 55 yil avval klubimiz saviyasi Yaponiyani mensimaydigan holatda bo'lgan desak yanglishmaymiz. Stadnik, Krasnickiy, Belyakov, Tazetdinov tomonidan urilgan gollar yirik hisobda g'alaba keltirgan. O'sha yili “Paxtakor” Sobiq Ittifoq chempionati oliy ligasida debyut qilgandi.

1962 yil, “Paxtakor” – GDR olimpiya terma jamoasi – 2:2

3 avgust kuni Germaniya demokratik respublikasi olimpiya termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etilgan. Tojirov va Tazetdinov tomonidan urilgan gollar o'yinning durang bilan tugashiga sabab bo'lgan. O'sha yili jamoamiz Indoneziya terma jamoasini ikki bor va Kamboja termasini bir marta o'rtoqlik bellashuvlarida mag'lubiyatga uchratgan. Turnelar sababli o'shanda jamoa 14 bor xalqaro o'rtoqlik bahslarida maydonga tushgan.


1964 yil, “Paxtakor” – “Pirasikaba” – 1:0
1964 yil jamoa uchun eng mashhur yillardan biri sanaladi. O'shanda Toshkentda o'tkazilgan ikki o'rtoqlik bellashuvi tufayli “Paxtakor”ning nomi Evropaga tanilib ketgan. Dastlabki bahs 19 aprel kuni Braziliyaning “Pirasikaba” klubiga qarshi o'tkazilgan. O'yin taqdirini Lyubushinning 18-daqiqada urgan goli g'alaba keltirgan. O'yinni stadionda 60 ming ishqiboz kuzatgan. O'sha paytlarda Braziliya futboli jahonda gegemon sanalgani bois klublarning o'yini ham juda katta qiziqishga sabab bo'lgan.

“Paxtakor” – “Nasional” – 2:1
8 iyun kuni esa Urugvayning mashhur “Nasional” jamoasi Toshkentda mehmon bo'lgan. O'sha kuni ham stadion to'lib-toshgan. Turnega chiqqan urugvayliklar Toshkentdagi bellashuvga qadar SHveciya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Belgiya, Moskva, Kiev va Olma-Otadagi o'yinlarda mag'lubiyatga uchrashmagandi. Toshkentdagi bahsda dastlab mehmonlar azosi Sanfilippo hisobni ochgan. Bunga 29-daqiqada Tojirov javob bergan. Ikkinchi bo'limda Lyubushin kiritgan to'p “Paxtakor”ga 2:1 hisobida yutuq keltirgan. Mazkur uchrashuvni Tofiq Bahromov boshqarib borgan.




1966 yil, “Paxtakor” – “Tuluza” – 5:0
1965 yil Greciyaga safar uyushtirib, “Panionis”, “Aris” va AEKga dars bergan “Paxtakor” 1966 yil 7 avgust kuni Toshkentda Franciyaning mashhur jamoasi “Tuluza”ni mehmon qilgan. Tuluza shahri jamoasi Franciya futbolida katta nomga ega klublardan biri hisoblanadi. O'zbekistonda mazkur jamoa vakillari qaqshatqich mag'lubiyatni qabul qilishgan. Bellashuvda Abduraimov xet-trikka erishgan. Krasnickiy va Ibrohimovning bittadan kiritgan to'pi o'yinning 5:0 hisobida tugashini taminlagan.

1969 yil, Kuba terma jamoasi - “Paxtakor” – 1:3, 1:0, 0:1
1969 yil “Paxtakor” Kuba bo'ylab turne tashkil qilgan. 14-25 noyabr kunlari jamoa Kubada 4 o'yinda maydonga tushgan. Dastlab Kuba yoshlar termasi 4:0 hisobida dog'da qoldirilgan. Keyingi 3 bahs Kuba milliy termasi bilan o'tkazilgan. Etiborlisi, ularning ikkitasida vakillarimiz zafar quchganlar. Birinchi uchrashuvda Varyuxinning dubli va Krasnickiyning bir goli 3:1 hisobida g'alabani taminlagan. Keyingi o'yinda Kuba kichik hisobda zafar quchgan. Uchinchi bellashuvda Ibrohimovning goli yagonaligini saqlab qolgan. Ushbu o'yindan keyin “Paxtakor”ning nomi Janubiy Amerika mamlakatlarida ham ko'p marta tilga olingan.


1971 yil, Afrika bo'ylab turne

1971 yil 14 noyabrdan 2 dekabrgacha bo'lgan muddatda “Paxtakor” Afrikaning 3 mamlakatida 10ta o'rtoqlik o'yini o'tkazgan. Serra-Leoneda ikki bor shu mamlakat termasi dog'da qoldirilgan. Yana ikki bellashuv hududiy jamoalar bilan o'tkazilib, ularda ham muvaffaqiyatga erishilgan. Keniyadagi 3 bellashuvda bittadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etilgan. Efiopiyaga safar 2 g'alaba va 1 durang bilan yodda qolgan. 19 kun ichida 10ta uchrashuvda maydonga tushish va turli davlatlarda bo'lishga futbolchilarning dosh berganiga qoyil qolish lozim.

1972 yil, “Roma” – “Paxtakor” - 1:1
1972 yilda jamoa turnesini Italiya bo'ylab uyushtirgan. Narni va Sorrento shaharlarida uch uchrashuv o'tkazilgan. Dastlab Narni viloyati terma jamoasi 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratilgan. 28 sentyabr kuni Sorrentoda “Roma” bilan o'yin bo'lib o'tgan. O'shanda “Roma” “A” seriyada ishtirok etardi. Muysan rimliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, bellashuv yakunlanishi arafasida Fyodorov muvozanatni tiklagan. O'yinda jamoalar quyidagi tarkibda maydonga tushganlar.

“Roma” (1-bo'lim): Ginulfi, Morini, Pechchenini, Salvori, Bet, Santarini, Orazi, Spadoni, Muysan, Kordova, Francot.
“Roma” (2-bo'lim): Ginulfi, SHaratti, Bertini, Rokka, Kappelli, Santarini, Banelia, Pellegrini, Muysan, Kordova (Di Bartoyomey, 65), Vichi.
“Paxtakor”: Govorov, Basov (Mo'minov, 46), SHtern, Varyuxin, Turg'unov, Ivanov (Lisakovskiy, 73), Soloxo (Ibrohimov, 46), Kuzmin, Abduraimov, Fyodorov, An.
SHuningdek, o'sha yilning noyabr oyida Toshkentda SHveciyaning “Xalmshtadt” klubi bilan o'yin ham tashkil etilgan. Unda 1:0 hisobida shvedlar zafar quchgan.

1975 yil, “Paxtakor” – Yaponiya terma jamoasi – 3:1

Oradan 15 yil o'tgach, yaponlar yana Toshkentga tashrif buyurishgan. 19 iyul kuni “Paxtakor” stadionida kechgan bellashuvda mezbonlarning qo'li baland kelgan. To'g'ri, hisob avvalgidek o'ta yirik ko'rinish olmagan. Ashirov, Korchenov va Bakanov tomonidan urilgan gollar 3:1 hisobida yutuq olib kelgan.


1981 yil, Tunis terma jamoasi - “Paxtakor” – 0:0
Sfaks shahrida o'tgan bellashuvda “Paxtakor” Tunis terma jamoasi bilan golsiz durangga imzo chekkan. Hozirgi paytda Afrikaning eng kuchli termalaridan biriga aylangan Tunisda o'tgan asrning 80-yillarida futbol borasida barchasi yaxshi emasdi. Lekin asta-sekinlik bilan ular yaxshi saviyaga chiqib borishdi.

1991 yil, “Olimpiakos” – “Paxtakor” – 4:3
1991 yil may oyida “Paxtakor” Greciyaga safar qilgan. Dastlab Vasilis Xadzipanagis o'ynagan “Iraklis” bilan bellashuvda 2:5 hisobida imkoniyat boy berilgan. 23 may kuni Afinada Greciyaning eng nomdor ikki jamoasidan biri “Olimpiakos”ga qarshi uchrashuv bo'lib o'tgan. Denisov va Maqsudovning ikki goliga mezbonlar 4 to'p bilan javob qaytarishgan. O'sha bellashuv yoshlardan iborat “Paxtakor”ning saviyasi yomon emasligini ko'rsatib bergandi.

1993 yil, “Paxtakor” – “Vitess” – 2:3

17 avgust kuni Toshkentga Gollandiyaning “Vitess” klubi o'rtoqlik uchrashuvida o'ynash uchun tashrif buyurgan. Qosimov va Marufalievning gollariga mehmonlardan Laamers va Gilxaus (2 gol) 3 marta javob qaytarishgan.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика