So’nggi yangiliklar

23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  0 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  0 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  12 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  24 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  5 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  2 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  31 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0

Nasibillo Madrahimov: "Maqsadimiz akademiyamizni bitirgan futbolchilarni jamoalardan o'rin olishini taminlash" Yangiliklar

Nasibillo Madrahimov: "Maqsadimiz akademiyamizni bitirgan futbolchilarni jamoalardan o'rin olishini taminlash"

Xabaringiz bor Respublikamizning 5 ta hududida 2003-2004-2005-2006-2007 yillarda tug'ilgan futbol mahorati maktablari tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Professional futbol maktablari ligasi" O'zbekiston chempionati musobaqalari Respublikamiz ayrim xududlarida bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqalarda jangovar ruhda va munosib ishtirok etkan Andijon viloyat 2003 va 2005 yillarda tug'ulgan terma jamoalarining futbolchilarini musobaqa g'olibiga aylanishdi va ularni tantanaviy ravishda munosib kutib olindi. Biz esa bu borada Andijon futbol akademiyasi direktori Nasibillo Madrahimovga yuzlandik.

"Turnir yaxshi darajada o'tdi. Eng asosiysi karantin tasir ushbu musobaqadagi ishtirokimizga o'z tasirini o'tkazmadi. Markazlashgan formatda o'tgan bo'lsa ham yuqori saviyada tashkillashtirildi. Barcha jamoalar bor kuchini berdi. Natija misolida aytadigan bo'lsak, Namangan va Toshkentda "Andijon" chempion bo'ldi, Buxoroda o'tkazilgan turnirda "Farg'ona" chempionlikni qo'lga kiritdi. Bu ham musobaqani adolatli tarzda o'tganini bildiradi",- deya gap boshladi Nasibillo Madrahimov.


- Ushbu turnirda jamoalar oldiga qanday vazifa va maqsad qo'yilgan edi? 

Bolalar futbolida biz hech qachon natijani birinchi o'ringa qo'ymaymiz. Toshkentda o'tgan U17 chempionatida iqtidorli futbolchilarga jamoalar ko'rishini, takliflar berishini maqsad qilgandik. Ikkinchi ligada, akademiya tasarrufida birinchi ligada futbolchilarimiz to'p tepmoqda. Jamoalarni musobaqalarga yuborayotganimizda yuqorida aytganimdek natija talab qilmaymiz, chiroyli va bor kuchlari bilan o'ynashni aytamiz. Akademiyamizni maqsadi respublikadagi barcha jamoalarga, viloyatimiz bosh jamoasiga, turli yoshdagi terma jamoalarga yaxshi futbolchilarni etkazib berish. 

- Karantin davrida musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishda qiyinchiliklar qanday bartaraf etildi?

- To'g'ri takidladingiz. Karantin davrida mashg'ulotlar olib borishga malum muddatga taqiq qo'yildi. Yopiq turda shug'ullantirish uchun test xulosasi kerak bo'ldi. Futbol jamoaviy sport turi, boks yoki yakkakurash emas.  Uyda yakka tartibda individual shug'ullangan bilan natijaga erishib bo'lmaydi. Bu bolaga tasir qiladi albatta, pasayish kuzatiladi. Imkon qadar karantin kuchli tasir qilishini oldini olish maqsadida bir qancha choralarni ko'rdik. Jamoalarga mashg'ulotga ruhsat etilmagan taqdirda ham bolalarni uyidan olib kelib shug'ullantirdik, yakka holatda qolib ketishgani yo'q. Baribir jamoaviy mashg'ulotni shakllantirdik. 

- Akademiyani bitirgan barcha futbolchilar ham jamoalardan o'rin egalladimi?

- Akademiyamizda 26 nafar murabbiy ishlaydi. Juda ko'pi A licenziyaga ega. Yangi yosh murabbiylarimiz ham bor. Kelajakdagi maqsadimiz akademiya jamoasini yaratish yoki chempionlikni qo'lga kiritish emas, yaxshi saviyadagi futbolchilarni chiqarish. Mana hozirda akademiyalar o'rtasidagi chempionatda birinchi o'rinni oldik. Biz buni futbolchilar yoki murabbiylar oldiga qo'ymaganmiz. Bundan ko'rinib turibdiki murabbiylar futbolchilar bilan individual ishlayapti. Kelajagi va iqtidori bolalar bilan alohida ishlaymiz. Akademiyamiz 2010 yilda qurib bitkazilgan. 2011 yilda o'z faoliyatini boshlagan. Tashkil etilganiga qisqa muddat bo'lgan bo'lsada ilk qaldirg'ochlarimiz 18-19 yoshga kirgan. Bitiruvchilarimiz jamoalarda o'ynashni boshladi. Biz murabbiylar bilan kelishgan holda o'zimizga reyting qilib olganmiz. Hozirda ko'pchilik ikki yosh toifasida chempionlikni qo'lga kiritganimiz bilan tabriklamoqda. Bitiruvchilarimizga jamoalardan haridorlar chiqmoqda. Qaysi jamoalardan ekanligi sir bo'lib qolsin. Lekin yaxshi jamoalardan takliflar kelib tushmoqda. Bosh jamoamiz bolalarni kelajagiga ishonyapti. O'tgan yili akademiyamizni bitirgan futbolchilar yuz foiz Pro liga, Superliga, Birinchi liga jamoalariga joylashdi. SHu orqali biz murabbiylarga baho beramiz. Oldindagi vazifamiz maksimal darajada futbolchilarimizni jamoalardan o'rin olishini taminlash hisoblanadi.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика