“Nasaf”ning sobiq ustozi Slovakiya klubini boshqaradi
06 jan 2020 22:23
Yangiliklar
“Nasaf”ning sobiq ustozi Slovakiya klubini boshqaradi
Qarshining “Nasaf” klubi bilan OFK kubogida g'olib chiqqan ukrainalik mashhur murabbiyi Anatoliy Demyanenko olti yillik tanaffusdan keyin murabbiylik faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.
Anatoliy Vasilevich Slovakiyaning “Nitra” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Klubning Feysbukdagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, ukrainalik mutaxassisga Miroslav Nemec va Miroslav Kenig yordamlashishadi.
“Nitra” ayni paytda Slovakiya chempionatida 18 turdan so'ng autsayderlar qatorida bormoqda. Yangi murabbiy oldiga jamoani kuchli divizionda saqlab qolish vazifasi turibdi.
Anatoliy Demyanenko 2011 yili “Nasaf”ni boshqargan bo'lsa, 2012 yili Ukrainaning “Volyn” klubiga murabbiy etib tayinlanlangandi. 2013 yildan buyon ukrainalik mutaxassis hech bir jamoada ishlamayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar