So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  1 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Nasafni futbolchilar nega tark etmoqda? Jamoa bosh murabbiyi javob berdi Yangiliklar

Nasafni futbolchilar nega tark etmoqda? Jamoa bosh murabbiyi javob berdi

So'nggi vaqtlarda Qarshining “Nasaf” futbol klubining asosiy futbolchilari boshqa jamoalarga o'tib ketmoqda. Bu esa jamoaga ko'p yillik muhlislik qilgan fanatlarning etirozlariga ham sabab bo'lmoqda.

Saytimizning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri Nomoz CHoriev jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga ayni kunlarda klubning ahvoli, futbolchilarning ketish sababi va qator savollar bilan yuzlandi.

- SHu paytga qadar “Nasaf” futbol klubini 6 kishi tark etdi. Ular ichida istedodli futbolchilarimiz ham bor. Qaysi futbolchi jamoada qolishini istagan bo'lar edingiz?

– Albatta, klubimizni tark etgan futbolchilar borasida etirozlar bo'ldi. Lekin ko'p narsa murabbiyning qo'lida emas. Agarda men hal qilolganimda hech bir futbolchini qo'yib yubormagan bo'lar edim. Har bir o'yinchining o'z o'rni bor. Ular orasida Umar Eshmurodov va Humoyun Murtazaevning jamoani tark etishi “Nasaf” uchun katta yo'qotish bo'ldi deb o'ylayman.

- Nega futbolchilar jamoadan ketishmoqda?

- Buni tabiiy qabul qilish kerak. Qaysidir futbolchi bilan “Nasaf”ning tuzilgan shartnomasi bekor qilingan, yana qaysidiri jamoada o'z o'rnini topolmagan. Kimdirga boshqa jamoadan yaxshi taklif tushganki, bugun “Nasaf”dan boshqa jamoaga o'tib ketishyapti. Futbolchilarning transfer narxlariga keladigan bo'lsak, bu bilan klubning o'zi shug'illanadi. Lekin ketganlarning ko'p qismi erkin agent sifatida boshqa jamoaga o'tdi.

- Jamoada kuchli o'yinchilarni yo'qotdi. Bu holat davom etadimi? Jamoani yana qaysi futbolchi tark etmoqchi?

– Qolgan futbolchilarimiz bilan shartnomalarimiz hali tugagani yo'q. Agarda ularni boshqa jamoalar sotib olaman deb kelishuvlarimizga rozi bo'lsa, boshqa jamoaga o'tgan futbolchining transfer narxidan foydalanishimiz mumkin. Bunga to'g'ri qarash kerak. CHunki katta transferdan tushgan mablag'lar evaziga jamoani yana rivojlantirish mumkin.



- Bilamizki, “Nasaf” futbolchilari orasida Aziz G'anievning mavqei baland. Unga boshqa klublardan ham takliflar tushmoqda. Xorij futbol klublari futbolchiga qiziqish bildirishdimi?

- Aziz G'aniev haqiqatdan mahoratli futbolchi. Unga juda ko'p futbol klublaridan takliflar tushadi. Hattoki Koreya ava Turkiya futbol klublari G'anievning transfer narxlari bilan qiziqib ko'rdi. Lekin ularning talablari bizni qoniqtirmadi.

- Doniyor Narzullaev jamoni tark etishini qanday qabul qildingiz?

- Buni Doniyorning o'zi xohladi. CHunki u etakchi o'yinchi hisoblanmasdi. SHuning uchun boshqa jamoaga ketishni maqul ko'rdi. Men o'ylaymanki bu to'g'ri qaror. CHunki biz Doniyorni ketishini katta yo'qotish deb hisoblamaymiz.

- Endilikda “Nasaf” tarkibini qanday kuchaytirmoqchisiz?

- Jamoamiz ko'p o'yinchilarni yo'qotdi. Ularni to'ldirish uchun malakali futbolchilar kerak bo'ladi. Mening fikrimcha mahalliy o'yinchilarni tarbiyalashga ancha vaqt ketadi. Biz “Nasaf”ga xorij futbolchilarini jalb qilishimiz kerak deb o'ylayman.


Nomoz CHoriev suhbatlashdi

Reyting: +39   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика