"Nasaf"ga OFK kubogini olib bergan Anatoliy Demyanenko hozir qaerda?
23 may 2021 13:34
Yangiliklar
"Nasaf"ga OFK kubogini olib bergan Anatoliy Demyanenko hozir qaerda?
O'tmishda muxlislarning diqqat markazida bo'lgan, ammo so'nggi paytlarda katta sahnadan biroz chekingan futbol kishilari haqida malumot beruvchi ruknimiz davom etadi.
Ukraina futboli afsonasi Anatoliy Demyanenko "Nasaf"ning gullagan davrlarida (2010-11) Qashqadaryoda faoliyat yuritganidan xabaringiz bor.
"Ajdarlar" uning murabbiyligida OFK kubogida zafar quchishgan edi. Dnepropetrovsklik mutaxassis O'zbekiston Oliy Ligasini tark etgach, bir muddat Ukrainada Luckning "Volin" klubida, keyin Slovakiyaning "Nitra" jamoasida ishladi va shundan keyin murabbiylik faoliyatida tanaffus yuzaga keldi.
62 yoshli Anatoliy Vasilevich ayni paytda Ukraina futbol assocaciyasi tizimida faoliyat yuritmoqda. U 2020 yilning 27 iyun kuni mazkur tashkilotning vize-prezidenti etib tayinlangan edi.
Fikrlar