

Xabaringiz bor, oldiga katta maqsadlar qo'yilgan "Quruvchi" (keyinchalik "Bunyodkor") jamoasi Oliy Ligaga ko'tarilgach, Toshkentning 2 klubi o'rtasida jiddiy raqobat yuzaga kelgan. Moliyaviy sharoitlari juda baquvvat bo'lgan "qaldirg'ochlar" barcha yulduzlarni o'z tarkibida jamlashga harakat qildi. 2008 yilning 1 yanvarida "Paxtakor" yetakchisi Syervyer Jeparov ham raqib lagyeriga ko'chib o'tadi. "Shyerlar" Syervyerning transfyeridan 750 ming evro daromad qilishdi (manba: Transfyermarkt). Va bu mablag'ning barchasi Jeparovning maydondagi o'rnini to'ldirish uchun sarflandi. 1 oylik qidiruvdan keyin munosib nomzod topildi. Bu Chyernogoriyaning "Zeta" jamoasida to'p tepadigan 21 yoshli Darko Markovich edi. "Paxtakor" 1 fevral kuni mazkur futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Buning uchun "shyerlar" "Zeta"ning hisob raqamiga 700 ming evro o'tkazib byerishgan edi (manba: Transfyermarkt).
"Paxtakor" libosida 2010 yilning yoziga qadar o'ynagan yarim himoyachi o'zidan ancha iliq taassurot qoldirdi (58 o'yin, 9 gol). O'zbekiston Oliy Ligasidan keyin Vengriya, Bosniya, Malayziya va Iroq chempionatlarida o'ynagan futbolchi faoliyatini ayni paytda o'z yurtida davom ettirmoqda. 34 yoshli o'yinchi Chyernogoriya 2-ligasida Tivatning "Arsenal" jamoasi sharafini himoya qilyapti.




