"Nasaf" yoshlari mavsumga munosib hozirlik ko'rishmoqda
12 jan 2016 15:38
Yangiliklar
"Nasaf" yoshlari mavsumga munosib hozirlik ko'rishmoqda
Ayni paytda jamoa tarkibida bir qator o'zgarishlar bor. O'tgan yili yoshlar ligasi bahslarida o'zlarini har tomonlama ko'rsata olgan Sirojiddin Qo'ziev, Akbar Murodov, Islom Rashidxonov, Dilshod Xushbakov, Najmiddin Normurodov singari yoshlar asosiy tarkibga jalb etilgan. O'z navbatida “Nasaf” futbol maktabi bitiruvchilari Xudoyor Sagdullaev, Siroj Ettiboev, Dilshod Nasrullaev, shuningdek Amir Hoshimov o'rinbosarlar jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda.
Jamoa azolari kuniga ikki mahala mashg'ulot o'tkazishmoqda. Mashg'ulotlar “Geolog” stadioni va “Nasaf” futbol maktabiga qarashli suniy qoplamali maydonda o'tkazilmoqda. Kuni kecha o'rinbosarlar jamoasini Nishonning “Nuriston” futbolchilari bilan nazorat uchrashuvini o'tkazib, 2:2 hisobidagi durangga erishishdi. Ular navbatdagi nazorat uchrashuvida ertaga Kosonning “Alanga” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar