So’nggi yangiliklar

16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  0 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  1 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17

"Nasaf": Yoshlarga imkoniyat taqdim etilmoqda Yangiliklar

"Nasaf": Yoshlarga imkoniyat taqdim etilmoqda

Teglar :  Nasaf
Kuni kecha "Nasaf" Oliy liga doirasidagi 28-tur uchrashuvini Samarqandda “Dinamo” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev “Dinamo”ga qarshi bahsda “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Aziz G'anievni asosiy tarkibda maydonga tushirdi.

1998 yilda tug'ilgan yosh istedodli futbolchimiz ilk bor oliy liga doirasidagi bahsda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Aziz G'aniev shu kuni maydon markazida jamoamiz etakchisi Erkin Boydullaev yo'qligini bilintirmaslikka harakat qildi. Ushbu iqtidorli futbolchi bu o'yinda o'zini yo'qotib qo'ymadi va ancha dadil o'ynadi. Mashg'ulotlarda o'z akalaridan kerakli jihatlarni o'zlashtirayotgan Aziz G'aniev buni amalda isbotlay oldi. Jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning yoshlarga imkoniyat berish, ularga yo'l ochish siyosatini ancha samarali amalga oshirilmoqda. SHuningdek, “Dinamo” bilan bo'lgan bahsda shuningdek yana bir qator akademiyamiz tarbiyalanuvchilari - Doniyor Narzullaev, SHarof Muhiddinov kabi istedodli yoshlar ham zaxiradan maydonga tushishdi.

Ajab emas kelajakda Aziz G'aniev Ro'ziqul Berdievdek maydon markazida haqiqiy etakchi bo'lib etishsa. Aziz G'aniev harakat qilgan nuqtada o'z vaqtida jamoamizning hozirgi ustozi Ro'ziqul Berdiev harakat qilgani ko'pchilikda yodida. Eng qizig'i, Aziz G'aniev ham Ro'ziqul Berdiev singari 6-raqam ostida o'ynamoqda. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика