So’nggi yangiliklar

10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  1 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  4 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18

"Nasaf" ustozi: "Ko'rpamizga qarab oyoq uzatamiz" Yangiliklar

"Nasaf" ustozi: "Ko'rpamizga qarab oyoq uzatamiz"

2021 yilgi O'zbekiston Superkubogida "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari to'qnash kelishdi.

Unda Piter Xyuistra boshchiligidagi "Paxtakor" kichik 1-0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Nasaf" jamoasi katta murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida
"Avvalo,  "Paxtakor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, yigitlarga katta rahmat aytaman. Bizga ozgina mahorat etishmadi. Uchrashuv davomida ko'p bor golga tortadigan vaziyatlar yaratdik. Himoyada biroz etiborni yo'qotishimiz natijasida gol o'tkazib yubordik. Bu mag'lubiyatdan keyin tushkunlikka tushish kerak emas. Bilasizlar, uch kundan keyin Qarshida yana "Paxtakor" bilan o'ynaymiz. Kerakli xulosalarni chiqarib, munosib tayyorgarlik ko'ramiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz".

- Ikki xil bo'lim ko'rdik. "Nasaf"ning zaxira o'rindig'i tor ekanligi tasirini o'tkazgandek ko'rindi. Bu borada fikringiz qanday?
- Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham yigitlar harakat qilishdi. Goldan so'ng ozgina tushkunlik bo'ldi. So'nggi daqiqalarda juda qulay vaziyatdan foydalana olmadik. Yuqorida aytganimdek, mahorat etishmadi.
- Uchrashuv hakamlariga sizda etiroz bormi?
- Hakamlarni nazorat qiladigan qo'mita bor. Ularga etiroz bildirishga haqqim yo'q. Bizning ishimiz futbolchilarni tayyorlash.
- Jamoani etakchilar tark etgani hisobiga zaxira o'rindig'i toraygani sezildi. Mavsum davomida bu holat pand berib qo'ymaydimi?
- Hozirda yangi jamoa tuzyapmiz. Yoshlar tajriba to'plashi uchun ularni ko'proq o'ynatamiz. Boshqa ilojimiz yo'q.
- Mavsum startiga qadar tarkibni kuchaytirish uchun harakat qilinadimi?
- Yo'q, menimcha mavsumni qo'l ostimizdagi yigitlar bilan boshlasak kerak.
- Har mavsum oxirida etakchilar "Nasaf"ni tark etishi odat tusiga kirib qoldi. Ular olib qolinsa, 3-4 yil ichida raqobatbardosh jamoa shakllanarmidi...
- Bu rahbariyatga bog'liq holat. Bir nechta kuchli o'yinchilar xarid qilinsa, albatta, yaxshi bo'lardi. Lekin ilojimiz yo'q. SHu tufayli ko'rpamizga qarab oyoq uzatamiz.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика