So’nggi yangiliklar

17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  1 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  5 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11

"Nasaf" Turkiyadagi so'nggi nazorat o'yinida durang qayd etdi Yangiliklar

"Nasaf" Turkiyadagi so'nggi nazorat o'yinida durang qayd etdi

Qarshining "Nasaf" jamoasi Turkiyaning Antaliya shahridagi yig'ini doirasidagi o'zining so'nggi nazorat uchrashuvini Moldovaning "Tiraspol" klubiga qarshi o'tkazdi.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi Moldova chempionatining 5-o'rinda ketayotgan "Tiraspol" bilan o'yinda durang qayd etishdi. Uchrashuvda har ikkala jamoa raqib darvozasiga to'p kirita olmadi va natijada ushbu bellashuvda g'olib nomi aniqlanmay qoldi.

Ushbu o'yin "ajdarlar"ning Turkiyada tashkil etilgan yig'in doirasidagi so'nggi uchrashuvi bo'ldi. SHu bilan Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa Antaliyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini yakunladi.

Antaliyada qarshiliklar jami ettita nazorat o'yinlarini o'tkazishdi.

SHularning 3 tasida qarshiliklar g'alaba qozongan bo'lsa, 2 ta durang va yana shuncha bellashuvda mag'lubiyatga uchrashdi. "Nasaf" - "Vion" (Slovakiya) 1:0, "Nasaf" - "Dinamo" (Gruziya) 0:1, "Nasaf" - "Korona" (Polsha) 2:0, "Nasaf" - "Gurnik" (Polsha) 1:0, "Nasaf" - "Ilichevec" (Ukraina) 0:1, "Nasaf" - "SHiroq" (Armaniston) 0:0, "Nasaf" - "Tiraspol" (Moldova) 0:0.

To'plar nisbati: 4:2. Gollarni Artur Gevorkyan (2 ta) va Ilhom SHomurodov (2 ta) kiritishdi. "Nasaf" safiga yangi kelib qo'shilgan ukrainalik legioner hujumchi Oleksandr Koblash ettita o'yinda birorta ham to'p kirita olmagani etiborga molik. 


Eslatib o'tamiz, Qarshining "Nasaf" jamoasi yangi mavsumdagi o'zining ilk rasmiy o'yinini Qarshida 25 fevral kuni OCHL doirasida Eronning "Traktorsozi" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика