"Nasaf": Tug'ilgan kunlar muborak bo'lsin!
24 apr 2017 11:45
Yangiliklar
"Nasaf": Tug'ilgan kunlar muborak bo'lsin!
Bugun “Nasaf” professional futbol klubining sport direktori Ni Vitaliy Nikolaevich hamda jamoamiz murabbiyi SHuhrat Toshpo'latovlar o'zlarining tug'ilgan kunlarini nishonlashmoqda.
Har ikkala mutaxasisning jamoamiz yutuqlariga qo'shgan hissalari beqiyosdir. Ko'p yillardan buyon klubimizda faoliyat yuritib kelayotgan bu insonlar o'zlarining mehnatsevarligi va jonkuyarligi bilan jamoamizda katta hurmat qozonishgan.
Fursatdan foydalanib, Vitaliy Nikolaevich va SHuhrat Toshpo'latovlarni bugungi tavallud ayyomlari bilan qizg'in tabriklaymiz!
Ularga avvalo mustahkam sog'lik, uzoq umr va baxt-saodat tilaymiz. Oilasi va jamoamiz baxtiga doimo sog' va omon bo'lishlarini tilab qolamiz.
Ishonamizki, bu insonlar bundan buyon ham o'zlarining mehnati bilan klubimiz ravnaqiga hissa qo'shaveradilar.
Tavallud ayyomlaringiz qutlug' bo'lsin!
“Nasaf” PFK jamoasi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar