So’nggi yangiliklar

08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  0 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  1 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0

"Nasaf" - "Traktorsozi". Al Hiloli boshqargan o'yinlarda jamoalarimiz mag'lub bo'lishmagan Yangiliklar

"Nasaf" - "Traktorsozi". Al Hiloli boshqargan o'yinlarda jamoalarimiz mag'lub bo'lishmagan

Bugun OCHL 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Traktorsozi" o'yini bo'lib o'tadi. OFK ushbu bahsga ummonlik Abdulloh Al Hiloli boshchiligidagi hakamlar brigadasini tayinladi.
1970 yilda tug'ilgan bu hakam xalqaro faoliyatini 2002 yilda boshlagan.

Umuman olganda bu hakam jamoalarimiz ishtirokidagi jami 11ta o'yinda ishlagan. SHundan 4tasida g'alaba va 7tasida durang qayd etilgan. Bu hakam ishtirokidagi hech bir uchrashuvda jamoalarimiz mag'lub bo'lishmagan.

Al Hiloli "Nasaf" ishtirokidagi bitta o'yinda ishlagan. O'shanda 2012 yil OCHL guruh bosqichi doirasidagi "Istiqlol" - "Nasaf" uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan edi.

2009 yil OCHL guruh bosqichida "Paxtakor" BAAda "Al Ahli" mehmoni bo'lib 2:1 hisobida zafar quchgan. 2008 yil "Bunyodkor" Eronda "Sepaxon" bilan (1:1), 2009 yil Toshkentda "Al SHabab" bilan (0:0), 2012 yil Avstraliyada "Adelaida Yunayted" bilan (2:2) durang o'ynaganida aynan shu hakam uchrashuvda bosh hakam bo'lgan.

2009 yilgi OFK kubogi chorak finalida "Neftchi" o'z uyida "Sout CHayna" klubini 5:4 hisobida mag'lub etgan.

Al Hiloli turli yoshdagi terma jamoalarimizning 5ta o'yinida ishlagan. JCH-2010 saralashi doirasidagi Livanga qarshi safardagi bahsda O'zbekiston 1:0 hisobida g'alaba qozongan. 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogi doirasidagi Xitoy - O'zbekiston o'yinida durang qayd etilgan - 2:2.

2012 yil olimpiada saralashida olimpiya terma jamoamiz Avstraliya bilan safarda 0:0 hisobida durang o'ynagan. JCH-2014 saralashida O'zbekiston safarda Livan bilan durang o'ynab qaytgan - 1:1. Nihoyat 2014 yil U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Indoneziya 3:1 hisobida taslim qilingan.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Traktorsozi" uchrashuvi 25 fevral kuni 18:00da boshlanadi.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика