So’nggi yangiliklar

15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  12 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  1 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8 10:32Ўзбекистонлик ҳакамлар олимпия ўйинларидаги илк учрашувларига тайинлов олишди  4

“Nasaf” “Sumgait”ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

“Nasaf” “Sumgait”ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  NasafSumgait
“Nasaf” Antaliyada to'rtinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safar jamoaga Ozarbayjonning “Sumgait” jamoasi raqiblik qildi.

“Sumgait” jamoasi 2010 yili tashkil etilgan bo'lib, 2011 yildan Ozarbayjon premer ligasida ishtirok etib kelmoqda. Jamoaga mahalliy mutaxasis - Samir Abbasov murabbiylik qiladi.
 
Murabbiylar bugungi uchrashuvda legioner o'yinchilarni maydonga tushirishmadi. Ular dam olishdi va uchrashuvni zaxira o'rindig'ida tomosha qilishdi.  Quyida  uchrashuvda maydonga tushgan tarkib bilan tanishing.
 
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov (Umid Ergashev 80), Akmal SHorahmedov, SHerzod Azamov, Maqsud Karimov (s), Farruh Sayfiev (Najmiddin Normurodov), G'olib G'aybullaev, Azizjon G'aniev (Baxrom Abdurahimov 55), Sirojiddin Qo'ziev (Odil Hamrobekov 46), Islom Kenjaboev (SHarof Muhitdinov 70), Bobir Abduxoliqov, SHaxboz Erkinov (Dilshod Xushbakov 80).   
 
O'rtoqlik uchrashuvi maqomiga ega bo'lsa ham bugungi uchrashuv kurashlarga boy bo'ldi. Jamoa raqibini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bo'limning 70-daqiqasida maydonga tushgan SHarof Muhitdinov, uchrashuvning 76-daqiqasida “Sumgait” darvozasini ishg'ol qildi. Ushbu golga "Nasaf"ning tajribali hujumchisi SHaxboz Erkinov asisentlik qildi.
 
SHunday qilib, "Nasaf" o'tkazilgan to'rtta nazorat uchrashuvida ham bir xil 1:0 hisobida raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi.
 
Jamoa navbatdagi nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Karpati” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 18 yanvar kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика